Reja axborot xavfsizliginingasosiy tushunchalari Axborot xavfsiz
Xavfli signallar va ularning manbalari. G’arazgo‘y kimsalar tomonidan tutib olinib, keyinchalik ularni ochish mumkin bo‘lgan himoyalangan ma’lumotlarni uzatuvchi signallar xavfli signallar deb ataladi. Bunday signallar ikki ko‘rinishga bo‘linadi: funktsional va tasodifiy. Funktsional signallar ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnik vositalar tomonidan ularga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun hosil qilinadi. Bunday signallarning asosiy manbalariga quyidagilar kiradi:
Funktsional signallarning tasodifiy signallardan farqli jihati shundaki, axborot egasi ularning xavfsizligi buzilishiga tahdidlar mavjudligini oldindan biladi va ularni oldini olish yoki kamaytirish choralarini ko‘rishi mumkin.
Biroq zamonaviy axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatish vositalari o‘zlarining ish jarayonida yondosh radio- yoki elektr signallarini hosil qilishi mumkin. Bunday signallar tasodifiy xavfli signallar deb nomlanadi. Ushbu signallar axborot egasining xohishiga bog’liq bo‘lmagan holda hosil bo‘ladi va ularni maxsus tadqiqotlar o‘tkazmay turib aniqlab bo‘lmaydi.
Tasodifiy xavfli signallar manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnik vositalarga quyidagilar kiradi:
tarkibida akustik axborotlarni elektromagnit signallarga aylantirib beruvchi elementlarga ega bo‘lgan maishiy va boshqa texnikalar;
nazorat qilinuvchi hududdan o‘tuvchi elektr o‘tkazuvchi aloqa inshootlari.
Texnik vositalar asosiy texnik vositalar va tizimlar (ATVT) hamda yordamchi texnik vositalar va tizimlar (YoTVT)ga bo‘linadi. Bunda e’tiborli jihati shundaki, YoTVT himoyalangan axborotni qayta ishlamaydi. Ammo ular ATVT bilan birgalikda nazorat zonasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Ma’lum bir sharoitlarda YoTVT tasodifiy xavfli signallar manbai bo‘lib qolishi mumkin. SHuning uchun ular ham himoyaga muhtoj hisoblanadi.