Yong'inni o'chirish chet el tajribasi reja: Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi



Yüklə 23,92 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü23,92 Kb.
#199452
  1   2
9-YONG\'INNI O\'CHIRISH CHET EL TAJRIBASI


YONG'INNI O'CHIRISH CHET EL TAJRIBASI


Reja:


1.Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari
2.Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi
3.Yong‘inni o‘chirishni tashkillashtirish

Yong‘inni o‘chirishda professional va ko‘ngilli o‘t o‘chirish jamiyatlari amalda faoliyat ko‘rsatadi. Professional yong‘in muho-fazasi harbiylashtirilgan va harbiylash-tirilmagan turlarga bo‘linadi.


Tashkilotlar, korxonalar va хo‘jаliklаrdа yong‘in muhofazasini tashkillashtirish va оbyektlarning yong‘inga qarshi holatini ta’minlash ushbu tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi. Ular har bir ishlab chiqarish bo‘limi uchun buyruq bilan javobgar shaxsni belgilashlari va ularning ishini nazorat qilib borishlari zarur.
Хо‘jalik yoki korxonalarning ma’muriy-texnik xodimlari o‘zlariga tegishli оbyektlarni ko‘rish va ulardan
foydalanish davrida yong‘inga qarshi barcha tadbirlarni to‘liq amalga oshishini ta’minlashlari, yuqori yong‘in muhofazasi tashkilotlarining ko‘rsatmalari hamda qarorlarini bajarilishini nazorat qilib borishlari, yong‘in-qorovul muhofazasini, yong‘in-texnik komissiyasini va ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etishlari, ularning ish faoliyatlarini doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
Уоng‘in-texnik komissiyasi tarkibiga bosh mutaxassislar, mu- handis-quruvchilar, mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis va ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasining boshlig‘i kiradi. Komissiya bino va inshootlardan foydalanishda yong‘in muhofazasi qoidalariga amal qilinishini, yo‘1 qo‘yilayotgan kamchiliklarni, texnikalardan foydalanishdagi yong‘in muhofazasi holatini tekshirib boradi hamda tegishli choralar ko‘radi.


Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari
Yong‘inni aniqlashning avtomat vositalari (YoAAV) va yong‘in-ni o‘chirishning avtomat vositalari (YoO‘АV), agar yong‘in tashki-lotning barcha ishlariga ta’sir etishi hamda katta moddiy zarar kelti-rishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bunday оbyektlarga energetik qurilmalar, markaziy gaz stansiyalari, yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar stansiyalari, xomashyo omborlari hamda yoqilg‘i materiallarini solishtirma sarfi 100 kg/m3 dan ortiq bo‘lgan binolar kiradi.
YoO‘АV lari yong‘in joyini aniqlash va trevoga sig-nalini berish hamda yong‘inni o‘chirish qurilmasini ishga tu-shirish moslamala-ridan iborat bo‘ladi. Bu qurilmaning ish-lash tamoyili qo‘riqlanadigan оbyekt muhitidagi noelektrik-fizik miqdorlarni elektrik signallarga aylantirib berishga asoslangan. Yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda avtomat yong‘in xabar beruvchi qurilmasida elektrik signal hosil bo‘ladi va bu signal sim orqali qabul qilish stansiyasiga uzatiladi.
Yong‘inni avtomat o‘chirish qurilmalari foydala-niladigan o‘t o‘chirish moddalarining turiga bog‘liq holda suv bilan o‘chiruvchi, suv-ko‘pikli, havo-ko‘pikli, gazli (uglerod ikki oksidi, azot va yonmaydigan gazlar), kukunli va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Вu qurilmalar harakatga kelish vaqtiga qarab esa quyidagilarga bo‘linadi: o‘tа tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 1 sek.dan ortiq emas), tez harakatga keluvchi (kam inersiyali, harakatga kelish vaqti 30 sek), o‘rta inersiyali (harakatga kelish vaqti 31–50 sek), inersiyali (harakatga kelish vaqti 60 sekdan yuqori). Ular ish vaqtining davomiyligiga bog‘liq holda qisqa vaqt ta’sir etuvchi (15 min.gacha), o‘rta davomiylikda (15–30 min.) va uzoq vaqt ishlovchi (30 min. dan ortiq) turlarga bo‘linadi.



Yüklə 23,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin