Lokal kompyuter tarmoqlari va ularning bazaviy texnologiyasi


Kompyuter tarmog’i strukturasi



Yüklə 214,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix26.09.2022
ölçüsü214,51 Kb.
#64141
1   2   3   4   5   6
lokal-kompyuter-tarmoqlari-va-ularning-bazaviy-texnologiyasi

Kompyuter tarmog’i strukturasi. 
Hozirda informasion oqimni ortib borishi Kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina 
foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etishni 
taqozo qiladi. Buni butun dunyo Kompyuter tarmog’i xisoblanmish Internet misolida 
yaqqol ko’rish mumkin. 
Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan Kompyuterlar majmuiga Kompyuter 
tarmog’i deyiladi. Bundan foydalanuvchilarni axborot almashuvi vositasi va apparat, 
dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. 


Kompyuterlarni tarmoqga birlashishi qimmatbaxo asbob uskunalar - katta hajmli 
disk, printerlar, asosi xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturiy vositaga va 
ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi
Kompyuterlarni apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab 
kishilarni qamrab olib axborot tarqatish va qabul qilish jarayoni butunlay o’zgartirib 
yubordi, xizmat ko’rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i - elektron pochta orqali 
axborot almashuvini amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining 
taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishni ta’minlash 
va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo’lib 
foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida
ma’lumotlarni uzatishnining qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Umumiy 
axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global Kompyuter tarmoqlarida 
saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi 
uchun ma’lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, 
iktisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.
Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni
markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab 
qayta ishlash borasida ko’pgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar keltirish
mumkin: Bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning axvolini aks ettiruvchi tijorat 
tizimi ("talab-taklif"); ijtimoiy ta’minot tizimi; solik xizmati; masofadan turib Kompyuter 
ta’limi; aviachiptalarni zaxira qilib quyish tizimi; uzokdan turib tibbiy tasxishlash;
saylov tizimi. Ko’rsatilgan ushbu barcha qo’shimcha ma’lumotlarni to’planishi, 
saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto’g’ri ma’lumotlar bo’lishidan va ruxsat 
berilmagan kirishdan ximoyalongan bo’lishi kerak. Ilmiy, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va 
ma’daniy xayet soxasidan tashkari global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam 
olish mashg’ulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli soxadagi kishilarning dam 
olishini tashkil etish kuroliga aylandi. 
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy taqsimlanishi 
jixatidan tasniflash mumkin bunga ko’ra global, mintakavaviy va lokal (mahalliy) 
tarmoqlar farqlanadi. 


Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqlardan foydalanuvchilarni kamrab 
oladi va ko’pincha bir - biridan 10 - 15 ming kilometr uzoklikdagi EXM va aloqa 
tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yuldosh orqali aloqa kanallaridan foydalaniladi. 
Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari viloyatlaridagi 
foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan 
foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10 - 1000 kilometrni tashkil kiladi. 
EXM lokal tarmoqlari bir korxona, muassaning bir yoki bir qancha yaqin 
binolardagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80 - 
90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday
tuzilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi Kompyuterlar yuqori 
tezlikga ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha 
Kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo’lishi - lokal 
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson sochi 
tolasi kalinligida yasalgan. U o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel. 
Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10km. gacha, 
radiokanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki 
hisoblanadi va ulardan foydalanishni osonlashtiradi. 

Yüklə 214,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin