Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqlardan foydalanuvchilarni kamrab
oladi va ko’pincha bir - biridan 10 - 15 ming kilometr uzoklikdagi EXM va aloqa
tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yuldosh orqali aloqa kanallaridan foydalaniladi.
Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari viloyatlaridagi
foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan
foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10 - 1000 kilometrni tashkil kiladi.
EXM lokal tarmoqlari bir korxona, muassaning bir yoki bir qancha yaqin
binolardagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80 -
90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday
tuzilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi Kompyuterlar yuqori
tezlikga ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha
Kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo’lishi - lokal
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson sochi
tolasi kalinligida yasalgan. U o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10km. gacha,
radiokanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki
hisoblanadi va ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: