Lotin tili (Lingua Latina) tillar hindiyevropa oilasining italyan guruhiga taalluqlidir. U juda qadimda paydo bo`lgan. Avval bu tilda lotinlar — Italiya markazidagi Latsiya orolida yashovchilar (qabila-urug"), shuningdek, qadimgi Rimda yashovchilar va miloddan avvalgi 1 asrda Apenin yarim orolida Rimning italiya qabilalari hukmronligi ostidagi urug'lari so'zlashgan. Miloddan avvalgi TIT asr oʻrtalaridan boshlab lotin tili rim regionlari bilan qadimgi madaniyat o'choqlari bo`lmish — Yunoniston, Karfagen, Misr, Suriya va boshqalarga hamda Yevropaning o'sha davrda madaniyati kam taraqqiy etgan qabilalariga kirib boradi. Asta-sekin lotin tili territoriyasi hozirgi Ruminiya va Portugaliya yerlarini ham egallangan ulkan Rim imperiyasining hukmron tiliga aylandi. Lekin, agar Yevropaning g'arbiy qismida lotin tili hech qanday qabila tili qarshiligiga uchramay yetarli darajada tez tarqalgan bo`lsa, O'rta yer dengizi havzasida — Yunoniston, Kichik Osiyo, Misrda uzoqroq davr davomida yozma shakllangan, lotin tiliga nisbatan yuqori madaniyaт darajasini o`zida aks ettirgan tillar qarshiligiga uchraydi. Bu regionlarda yunon va ellin yozuvi katta rol o'ynagan. Yunonlar bilan bo`lgan aloqa-yoq rimliklar Yunonistonning yuqori darajada rivojlangan madaniyatining ulkan ta'sirini sezganlar.Yevropa tibbiyoti «otasi» Buqrot (taxm. miloddan avvalgi 460—370-illarda) yashagan, ijod qilgan. Uning asarlarida ilmiy tibbiy atamashunoslik boshlanishi aniqlangan.Buqrot oʻz asarlarida qo'llagan atamalarning katta qismi xalqaro tibbiy lug'atga kiritilgan. Buqrotdan so`ng qadimgi yunon tilidagi tibbiy atamashu-noslikning shakllanishida Aleksandriya tibbiyot maktabidan (miloddan avvalgi IV asr) Gerofil IU (taxm. miloddan avvalgi 330- yilda tug'ilgan), Erozistrat (taxm. miloddan avvalgi 330—240- yillar), keyinroq Ruf Efesskiy (taxm. miloddan avvalgi 1 asr) va o`qimishli olim, faylasuf, vrach, anatom, farmatsevt Klavdiy Galen (taxm. miloddan avvalgi 129- yillar) eng ko'p hissa qo'shganlar. Ular Buqrot bilan birga bo'lg'usi ilmiy tibbiy atamashunoslikka asos solganlar va uning birinchi qavatini ko'targanlar. Antik tibbiyotni, asosan yunonlar shakllantirganlar, Rim bino bo'lgandan buyon uning madaniy hayotida Yunonistonninng tabiiy, ilmiy va tibbiy fanlari rol o`ynaydi. Juda koʻplab yunoncha va lotinlashgan so`zlar davrlar mobaynida lotin tiliga kirdi (aer — havo, machina — mashina, philosophia — falsafa, historia — tarix, diaphragma — diafragma va boshqalar). Yunon yozuvi ta'sirida lotin alifbosi 2 hariga koʻpaydi (Y — ipsilon va Z ~ zet),Shu bilan birga madaniyat va fan sohasida lotin tilining roli oshib bordi. Rim olimlari va hakimlarining tabiiy va tibbiy fan masalalariga bag'ishlangan asarlari paydo boʻla boshladi. Miloddan avvalgi 1 asrda Korneliy Sels qomusnoma yaratgan, undan «De medicina» («Medisina haqida») traktatning 8 kitobi bizgacha yetib kelgan.Sels va undan keyin rim olim va hakimlari o'z asarlarida yunon tilidan qabul qilingan atamalardan tez-tez foydalanib turganlar, ma'nodosh soʻzlar sifatida yunoncha va lotincha soʻzlarni teng qoʻllab turganlar. davr hakimlari yunon va lotin tillarini bilishi zarur edi.Shunday qilib, antik davrdan boshlab atamashunoslik yunon-tillari asosida shakllana boshladi. Bu ikki til tibbiy atamashunoslikn butun davrlari mobaynida an'anaviy tus oldi va hozirda ham davom etmoqda.Yunoncha- lotincha ikki tillilik shu narsada yanada aniqroq ko`rinadiki Yunoncha-lotincha ikki tillilik shu narsada yanada aniqroq ko`rinadiki,anatomik nomlar anatomik ro'yxatlarda lotincha, kasallik ro'yxatlarda kelib chiqishi yunoncha boʻlgan so`zlar bilan beriladi.Masalan: lotincha ren — yunoncha mephros — buyrak-nefrit (buyrakyallig'lanishi), lotincha /ien — yunoncha splen — taloq-splenit (taloq yallig'lanishi).Miloddan avvalgi IV asri oxirlarida Rim imperiyasining G'arbiy va Sharqiy (Vizantiyaning Konstantinopoldagi poytaxti bilan) qismlarga boʻlinishi yunon tilining faoliyati kengayishiga, Vizantiyada va G'arbdayunon yozuvi va tilining asta-sekin o`z rolini yo'qotishiga olib keldi.Miloddan avvalgi 476- yil G`arbiy Rim imperiyasi ag`darilgandan so'ng og'zaki lotin tili asta-sekin o'zining rasmiy rolini yo'qota boradi.Eskroman(lot. Romanus) tillari o`rtasidagi farq tobora kuchaya boshladi.Roman tillarining (italyan, ispan, portugal, fransuz, keyinroq yana bir qator boshqa tillar, masalan rumin, moldavan) keyingi rivojlanish davri IX asrga to'g'ri keladi.Roman tillariga asos vazifasini og'zaki lotin tili bajardi. Shu bila birga adabiy lotin tili kitobiy, «ilm» tili sifatida sun'iy ravishda o'sishni G'arbiy Yevropada yana 100 yillar mobaynida o'rta asrlar davrida — o"rta asr lotini, yuksalish (XIV—XVI asrlar) davrida gumanitar lotin nomi bila davom ettirdi. Lotin tilida o'qitildi, ilmiy asarlar yaratildi. Qadimgi yunon va arab hakimlari asarlari lotin tiliga o'girildi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna (980—1037))ning «Tib qonunlari» asari XII asrdayoq lotin tiliga o'girilib,qariyb XVI asr oxirigacha Yevropada tibbiyotni o`qitish uchun asosiy manba sifatida foydalanib kelindi.Yuksalish davrining insonparvar olimlari lotin tilini soxtalashtirish,dag`allashtirishga qarshilik ko'rsatib, arab soʻzlari aralashib borayotgan toza, klassik lotin tilini saqlab qolish uchun keskin kurashib kelganlar.Hozirda aytilishi va yozilishi lotin transkripsiyasida bo'lgan yunoncha soʻzlar Erazm Rotterdamskiy (1469—1536) tomonidan ishlab chiqilgan.Yuksalish davrida lotin tili o'z mavqeini egallab og'zaki va yozma axborotlarda fanning hamma sohalarida olimlarning munozara va tortishuvlarida qo'llana boshladi.Xuddi shu davrda xalqaro tibbiy atamashunoslik lotin tili asosiga ko`chadi. Yirik italyan anatomi, ilmiy odam anatomiyasi bunyodkori Andrey(Andreas) Vezaliy (1514—1564) anatomiya fani bo`yicha dars bergan va lotin tilida o`zining «De humani corporis fabrica» — «Inson tanasining tuzilishi» nomli klassik asarini yozgan. Vezaliy lotincha anatomic atamashunoslikning takomillashishida «toʻgʻri» sof lotin tilining qayta tiklanishida Sels asarlariga asoslanib ko'p xayrli, ibratli ishlarni amalga oshirgan. Atoqli ingliz hakimi, qon aylanish tizimini kashf etgan Uilyam Garvey (1578—1657) o'zining «Exercitatio anatomica de motu cordis etsanguinis in animalibus» — «Hayvonlarda yurak va qon harakati borasida anatomik tadqiqot» asarini lotin tilida yozgan. Lotin tilida Yevropa mamlakatlarining atoqli mutafakkirlari, faylasuflari, olimlari, hakimlari:F.Bekon, T.Moor, M.Malpigi, T.Gobbs, I.Nyuton, R.Dekart, G.V.LeybiN.Kopernik, K.Linney va ko'plab boshqalar o'z asarlarini yozib-ganlar.Rossiyada fanning dastlabki qadamlari lotin tilida bitilgan asarla tarjimasi bilan ham bog'liq, Rus ma'rifatchi olimi Yepifanit Slavineskiy,ma'lumotlariga qaraganda, Andrey Vezaliyning anatomiya haqidagi asarining
Rossiyada fanning dastlabki qadamlari lotin tilida bitilgan asarlarning tarjimasi bilan ham bog'liq. Rus ma'rifatchi olimi Yepifanit Slavineski ma'lumotlariga qaraganda, Andrey Vezaliyning anatomiya haqidagi asarining qisqartirilgan variantini Rossiyada eng birinchi tashkil topgan tibbiyotmaktabi o`quvchilari uchun tarjima qilgan.MLV. Lomonosovning ko'pgina asarlari ham lotin tilida yozilgan. Rus tarjimonlari rus tibbiy atamashunosligi yaratilishida faol mehnat qilganlar, Rossiyada birinchi anatom professor, akademik F.P.Protasov rus tilidagi anatomik atamashunoslikka asos soldi. Rivojlanib borayotgan rus tibbiy atamashunosligida ilmiy atamalarni qo`llash va tartibga solishda XVIII asr rus hakimi va ma’rifatchisi N.M.Maksimovich-Alebadik xizmat ko`rsatgan.XVIII asrda lotin tili Yevropa ilm-fanida ommaviy tan olingan til sifatida milliy tillar bilan birgalikda fan tarkibiga kirib ketdi. Hatto XIX asr o`rtalarida ham tibbiyot borasidagi ko'plab asarlar lotin tilida yozilar edi, Masalan: Rus xirurgi N.I.Pirogov (1810—1881)ning operativ xirurgiya va topografik anatomiyaga oid («Muzlatilgan murda ustida uch yo'nalishda o'tkaziladigan aralash topografik anatomiya», 1889) asari va boshqalar. Atoqli rus farmakologi I.Y.Dyadkovskiy o`zining mashhur «Odam tanasiga dori-darmon ta'sir etishi usullari» nomli dissertatsiyasini lotin tilida yozib,himoya qilgan. 1865- yilgacha rus fuqaro va harbiy farmakopeyalari lotintilida bosib chiqarildi. Kasallik tarixi ham lotin tilida yozilar edi.Shunga qaramay, XIX asrda lotin tili ilmiy, yozma, kitobiy muloqotning xalqaro vositasi sifatida hamma joylarda milliy tillarga oʻz o'rnini bo'sha-tib berdi. Lekin shu bilan birga nominatsiya (lot. mominatio — ism, nom,atama) uchun xalqaro vosita sifatida o'z funksiyasini saqlab qoldi.