7. Javaning sintaksisi C++ ga asoslangan. Shuning uchun C++ tilini biladiganlar Javani oson o`rganishadi. Lekin undagi ko`pchilik xususiyatlar olib tashlangan. Masalan: Pointer(ko`rsatkich)lar bilan to`g`ri ishlash, ya`ni Javada alohida ko`rsatkich tushunchasi yo`q. Operatorlarni qayta yuklash ham olib tashlangan. Yana eng muhimi, ishlatilmaydigan xotira (unreferenced objects) avtomatik tozalanadi. Buni Javadagi Garbage Collector (GC – chiqindi yig`ishtirgich) amalga oshiradi. C++ da bu destruktorlar orqali qo`lda (manual – ruchnoy) qilingan. Bundan tashqari Java har bir yangi versiyada bundan qulay imkoniyatlarni qo`shib kelmoqda. Ayni paytda oxirgi versiya 8-sidir. 2014-yil 18-martda ommaga e’lon qilindi.
8. JRE va JDK ni nima farqi bor? JRE – Java Runtime Environment JDK – Java Development Kit JRE bu faqat dastur bajarilishi uchun kerak bo`lgan muhit, xolos. Dasturchi bo`lmagan oddiy foydalanuvchilarga Java dasturlari bajarilishi uchun JRE yetarli. JDK = JRE + dasturlashga oid qo`shimcha instrumentlar. Bu esa dasturchilarga kerak. Formuladan ko`rinib turibdiki, JDK ning hajmi JREdan katta bo`ladi. U bir marta ko`chirib o`rnatiladi xolos.
9. Dunyoda qancha Java dasturchilar bor? Oracle kompaniyasi tahminan 9 mln desa, Wikipedia 10 mln atrofida demoqda. NumberOf.net komandasi esa 9.007.346 sonini keltirishgan. Albatta bu statistika qaysidir vaqt uchun. Ayni paytda yana o`sib bormoqda. Javada kod yozishga mo`ljallangan Eclipse (bepul) muhiti bir yilni ichida 7 mln marta ko`chirilgan. Eng mashxur web-konteynerlardan biri bo`lgan Tomcat esa oyiga o`rtacha 550 ming, yiliga esa 6.6 mln marta ko`chirilar ekan. Dunyoda qancha odam ishsiz? Ishlilarning qanchasi dasturchi? Dasturchilarning shunchasi Javachi!
10. Nima uchun aynan Javani o`rganamiz? Hozirgi kunda dasturlash tillari to`g`risidagi ayrim tortishuvlar quloqqa chalinadi. Bu til yaxshi… Yo`q, mana bunisi… Bu tilda qilingan ishni, bunisida qilib bo`lmas emish, mana bunisi eng tezi emish va hokazo. Bular xato fikrlar. Biz dasturlash tillarini imkoniyati haqida tortishayotkan bir paytda, g`arbliklar boshqa galaktikalarni o`rganib, odamni boshini boshqa tanaga ko`chirishni amallashmoqchi! Keling, bu tortishuvga bitta o`zbekona o`xshatish bilan nuqta qo`yamiz. “Lacetti yaxshi… Yo`q Nexia yo`lga zo`r… Malibu qulay va obro`li… Captiva undanam obro`li… Sparkka yetmaydi baribir va hokazo”. Sezganingizdek, bu xato tortishuv. Hammasini o`z o`rni va maqsadi bor. Dasturlash tillari ham shu kabidir. Javaning ham o`z maqsadi bor. Kerak bo`lsa, bir nechta tillardan foydalanib yagona kompleks dastur yozish mumkin.