Maktab hovlisi har bir bosqich o`quvchilariga shundoq topshiriladi.Ularga mevali,manzarali,tropik turdagi ko`chatlar taqdim etiladi.Ular maktabga qabul qilinganidan to maktabni bitirgunicha ekkan ko`chatlarini parvarishiga qat’iyan mas’ul bo`lishadi.(Yaponiya andozasi);
Astronomiya fani uchun kichik amaliyotxonalar ya’ni kichik rasadxonalar soni:15 ta;
Stadionlar soni:4 ta(2ta ochiq,2ta yopiq)
Musiqa xonalari:jami 20ta
Hunarmandchilik amaliyotxonalari:har bir soha uchun jami 8 ta amaliyotxonalar.
Davomi bor...
Qurilishi:
Maktab muassasasi tarkibi:
Maktab ma’muriyati
Maktab menejmenti va marketing
Maktab ta’lim sifati bo`yicha nazorat inspeksiyasi Har bir yo`nalish uchun alohida boshqaruv bo`limlari Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo`yicha nazorat inspeksiyasi Ijtimoiy-maishiy ishlar bo`yicha nazorat inspeksiyasi Innovatsion g`oyalar va ixtirolar bo`yicha nazorat inspeksiyasi
Maktab muassasasi tarkibi:
O`qituvchilar soni : IQ nazorat testi natijalariga qarab belgilanadi.Kamida 50 ta amaliy,50 ta nazariy darslarga jalb etiladi.Yana 50 tasi kasbiy va qo`shimcha yo`nalishlarga jalb etiladi.50tasi esa san’at va hunarmandchilik yo`nalishlari bo`yicha saralab olinadi.(suhbat va IQ orqali)
O`quvchilar esa IQ testiga ko`ra,maksimum 300 tagacha qabul qilinadi.O`quvchi kam bo`lsa,o`qitish va rivojlanish tempi o`ta sifatli va yuqori bo`ladi.Guruhlar va yo`nalishlarga ajratilgan xonalarda o`quvchilar soni 20tadan bo`ladi.
Raqobatbardoshlik omillari:
Yangi O`zbekistonni yangicha ta’lim bosqichi bilan boshlaymiz.Xorijning mana man degan davlatlari Yaponiya,Xitoy,Amerika,Singapur,Germaniya davlatlari bilan bemalol har sohada professionallik bilan bahslasha oladigan O`zbekistonda ilk bora vunderkindlar bilim yurtini ochamiz.Xohlaysizmi yo`qmi,zamon bizga boqmasa,biz zamonga boqishimiz kerak.Xitoy universitetlarida diplom olish oldi bir innovatsion ixtiro qilish shart ekan.Demak bunday innovatsiyalarni biz avvalroq,ya’ni magnit maktab ta’limida qilishni boshlaymiz.Biz barcha rivojlangan davlatlardan har sohada bir qadam,nafaqat bir qadam balki o`n qadam oldinda borishimiz kerak.Bu qadamlarni birinchi bo`lib magnit maktab bosadi!!!