Loyiha pasporti


Loyihani o‘zini-o‘zi qoplash muddati



Yüklə 368,5 Kb.
səhifə4/8
tarix23.05.2023
ölçüsü368,5 Kb.
#120166
1   2   3   4   5   6   7   8
Nishono.loyiha pasporti

Loyihani o‘zini-o‘zi qoplash muddati
(oy va yillarda)

12 oy

17

Umumiy moliyalashtirish hajmi
(mln so‘mda)



212 716 000

Shu jumladan:

212 716 000

Agentlikning moliyaviy mablag‘lari manbalari hisobidan moliyalashtirish miqdori (mln so‘mda)



Birgalikda moliyalashtirish hajmi – Cost sharing, agar mavjud bo‘lsa (mln so‘mda)
(loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning o‘z mablag‘lari yoki boshqa tashkilot mablag‘lari jalb etilishi mumkin. Birgalikda moliyalashtirishga rozilik bildirgan tashkilot nomi va rozilik xati nusxasini ilova qilinadi)

000

18

Sertifikatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, agar mavjud bo‘lsa
(muvofiqlik sertifikatlari, gigienik, yong‘in xavfsizligi va boshqalar)

-

19

Kalit so‘zlar
(10 tadan kam bo‘lmagan kalit so‘zlar / alohida vergul bilan ajratilinadi)

Ichimlik suvi, qurg‘oqchilik, cho‘llanish,


Loyihaning biznes-rejasi

  1. Rezyume. Startup loyihasi muallifi Shohzod Nishonov tomonidan taklif etilayotgan innovatsion xizmat ko‘rsatish sohasi hozirgi kunda dunyo miqyosidagi global muammoning yichimi sifatida qaralmoqda. Nafaqat dunyo balki yurtimizning kelajagi uchun ham muhim soha hisoblanadi. Yani ichimlik suvini tejashga qaratilgan loyihadir.



Loyihaning barcha ijrochilari haqida ma’lumot
(to‘liq holda ismi-sharifi; tug‘ilgan sanasi; aloqa uchun ma’lumotlar; mutaxassisligi
va loyihadagi o‘rni; loyihani amalga oshirish uchun loyiha ishtirokchilarida kerakli bilim
va ko‘nikmalar mavjudligini tavsif etish; ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari agar mavjud bo‘lsa).


  • Nishonov Shohzod- Loyiha rahbari, talaba

  • To‘rayev Shuxrat- texnolog, o‘rta maxsus

  • Xudoybergenov Maxset- Ishchi, talaba

  • Berdiyev Mirshod- Ishchi, talaba

  • Sulaymonov Murod-Ishchi, talaba

  • Esonov Sanjar-Ishchi, talaba



  1. Biznes-loyiha haqida ma’lumot O‘zbekistonda 2030-yilga borib 7 mlrd kub/metr suv yetishmovchiligi kuzatiladi. Toshkent shahrida 28-aprel kuni “Suv resurslarini kompleks boshqarish: qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusida panel munozarasi o‘tkazildi.

Tadbirni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Matilda Dimovska olib bordi. Mutaxassislarning fikricha, 2040—2050-yillarga kelib suv resurslariga talab ortib borishi jahon iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarga olib kelishi muqarrar.

Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2050-yilga borib Yer yuzida 5 milliarddan ortiq odam u yoki bu darajada suv tanqisligini boshdan kechiradi. Panel sessiya ishtirokchilari suv tanqisligi qishloq xo‘jaligi va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin.
Ekspertlar Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun suv resurslarini kompleks boshqarishning ahamiyatini muhokama qildi. Shuningdek, suv resurslarini kompleks boshqarish mexanizmlarini samarali joriy etish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov suv resurslarining 80 foizi boshqa mamlakatlardan oqib kelishi, atigi 20 foizi mamlakatda hosil bo‘lishini ta’kidladi. Bundan 30-40 yil avval yaratilgan infratuzilma esa jiddiy modernizatsiyani talab qiladi.
Suv resurslari bilan ta’minlanishning kamayishi, yangi obyektlar sonining ko‘payishi natijasida aholi soni o‘sib bormoqda, bu esa suv resurslarining yangi miqdori va sifatini talab qiladi. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilga borib bizga 7 milliard kub/metr suv yetishmaydi. Suvdan oqilona foydalanish zarur”, deydi vazir o‘rinbosari.
Agar O‘zbekistonda suvni tejash bo‘yicha barcha tashabbuslarni to‘plasak, taxminan 19 milliard dollar sarmoya talab etiladi. Shundan 4 milliard nasos stansiyalari va 6 milliardga yaqini xo‘jalik subyektlariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun subsidiyalar uchun ketadi.
Moliya vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari bilan birgalikda ushbu kanallar funksiyasini baholagan holda kanallar tizimining modelini ishlab chiqdik. Eng muhimi esa — ma’lum bir hududda suvni iqtisodiy ta’minlash tizimini ishlab chiqish”, deydi “Boston Consulting Group” boshqaruvchi direktori Igor Alekseyev.
Panel sessiya ishtirokchilari bunday mexanizmlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri huquqiy va institusional shart-sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladilar. Tadbirda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi. Mutaxassislar suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish texnologiyalari va usullarini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
Ushbu muammo va kamchiliklarni inobatga olib biz o‘z loyihamizni taklif etmoqdamiz. Bu loyiha yo‘vinishdan so‘ng hosil bo‘ladigan chiqindaga chiqadigan ichimlik suvini filtirlab boshqa maqsadlarda, masalan o‘simliklarni sug‘orish, kir yuvish, avtomashinani tozalash va yana bir qancha maqsadlarda ishlatish uchun qayta ishlash texnologiyasini joriy etishdan iborat

Yüklə 368,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin