Dizartriya – bu markaziy harakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi.Dizartriyada nutq a’zolariningkam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulyatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning surati, ritmi va ifodaligida o’zgarishlar kuzatiladi.Maktabgacha yoshdagi dizartriya nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda nutq kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida logopedik- korreksion ish tashkil qilinadi
1.Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish, ya’ni artikulyatsion motorikani, nutqiy nafasni rivojlantirish va tovushni nutqga qo‘yish va mustahkamlash; 2.Fonematik idrokni rivojlantirish, tovush analiz malakaslni shakllantlrish; 3.Nutqning ritm, ohangdorligi va Ifodallligi tomonidagi kamchlliklarni bartaraf etlsh. 4.Paydo bo‘lgan nutqning umumly rivojlanmaganligini to‘g‘rilash.
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
Dizartrik bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchlliklarni bartaraf etish, tuzatish ishning eng asosiy vazifalaridan biridir. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarlning asosiy sababi nutq apparati a’zolarining harakatchanligida kuzatiladigan kamchillklardir. Shuning uchun logoped asosiy diqqatni artikulyatsion apparat harakatchanigini rivojlantirishga qaratishi lozlm.