Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda malaka komissiyalari majburdirlar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə25/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138
Адвакатлар дарслик

Zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda malaka komissiyalari majburdirlar:
malaka komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalarni xolisona va har tomonlama ko‘rib chiqish;
qonunchilikka, advokatlik faoliyati asosiy tamoyillariga qat'iy rioya qilish;
advokatlik faoliyati, advokatning daxlsizligi, advokatlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari va himoyasini ta'minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qoshidagi Oliy malaka komissiyasi qarorlarini bajarish.
Malaka komissiyasi majlislari zaruratga qarab, lekin kamida uch oyda bir marta o‘tkaziladi. Hududiy boshqarmalar, malaka komissiyasi hamraislari bilan kelishgan holda kun tartibini, komissiya majlisi o‘tkaziladigan kun, sana, vaqt va joyni majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin belgilaydi.
Malaka komissiyasi qarorlari majlisda qatnashgan komissiya a'zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish yo‘li bilan, manfaatdor shaxslar ishtirokisiz qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lsa, raislik qiluvchining ovozi hal etuvchi sanaladi.
Malaka komissiyasi qarorlarini raislik qiluvchi qaror qabul qilingan majlisdayoq e'lon qiladi.
Intizomiy ish joriy etilishi uchun asoslar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
s hududiy boshqarma yoki adliya organi tomonidan advokatning advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini, Advokatlar kasbiy etikasi qoidalarini, advokatlik siri va advokatlik qasamyodini buzganligi aniqlanishi;
s advokatning g‘ayrihuquqiy harakatlari ustidan jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati;
s sudning advokatga nisbatan alohida ajrim chiqarishi.
Ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganida, tegishli hududiy boshqarma rahbari yoki adliya organi malaka komissiyasiga advokatga nisbatan intizomiy ishni ko‘rib chiqish haqida, asoslar ko‘rsatilgan holda arznoma taqdim etish yo‘li bilan ushbu advokatga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘aydi. Arznomaga u bilan bog‘liq barcha hujjatlar va materiallari ilova qilinadi.
Intizomiy ish ko‘rib chiqilishi to‘g‘risidagi arznoma hududiy boshqarma tomonidan ro‘yxatga olinadi va barcha hujjatlar bilan birga mas'ul kotibga taqdim etiladi. Mas'ul kotib ular olingan kunning ertasidan kechiktirmay, advokatga unga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar beradi. Shuningdek, u komissiya a'zolari va manfaatli shaxslarni komissiya majlisi o‘tkazilishi sanasi, vaqti va joyi haqida majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.
Mas'ul kotib unga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilgan advokatni ish materiallari bilan tanishtirishi va undan ushbu ish o‘yicha komissiya nomiga yozma tushuntirish berishini talab qilishi lozim. Advokatning tushuntirish berishdan bosh tortishi intizomiy ish ko‘rilishi va intizomiy undirish choralari qo‘llanishiga to‘sqinlik qilmasligi lozim.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin