Advokatura institutining yanada isloh qilishning asosiy yo‘nalishlar sifatida quyidagi belgilandi: inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida asosiy fuqarolik institutlaridan biri sifatida advokaturaning amaliy markazlashgan o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini yaratish; advokatlikka nomzodlar malakasiga ko‘rsatiladigan talablar kuchaytirilishi, ular yuridik mutaxassislik bo‘yicha mehnat staji mavjudligini, stajirovkani advokatlik tuzilmalarida o‘tkazilishini, shuningdek advokatlar kasbiy malakasining majburiy tizimli oshirilishi joriy etilishini nazarda tutadi; litsenziyalashning samarali tizimini tashkil qilish, u advokaturani halol va yuqori mahoratli mutaxassislar bilan butlash imkonini beradi; vakolatlarni qat'iy farqlash va advokatlik tuzilmalarning huquqiy maqomini aniq belgilash; jinoiy ish jarayonida ayblov va himoya tomonlarining protsessual huquqlari tengligini ta'minlash; tomonlar vakilligi institutini bosqichma-bosqich takomillashtirish, u sud ishida yurisprudensiya sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lmagan shaxslarning ishtirokini mustasno etadi; advokatlar tomonidan kasbiy etika va advokatlarga nisbatan intizomiy choralar tizimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat mexanizmini takomillashtirish. Prezidentning mazkur Farmonining ijrosi yo‘lida qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori, 27.05.2008 y. №112 "O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasini tashkil qilish to‘g‘risida"29;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori, 20.06.2008 y. №137 «Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik xizmat haqini davlat hisobidan o‘lash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»30;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori, 09.03.2009 y. №60 «Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»30 31;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrug‘i, 14.03.2009 y. №68-mx «O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»32;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrug‘i, 14.03.2009 y. №69-mx «O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»33;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrug‘i, 27.03.2009 y. №79-mx «Advokat stajyori faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»34;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrug‘i, 08.04.2009 y. №91-mx «Advokat tomonidan ish yuritishga order shaklini tasdiqlash to‘g‘risida»35;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrug‘i, 27.03.2009 y. №80-mx «Advokat yordamchisi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»36;
Advokatlik tuzilmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (ro‘yxatga qo‘yish) to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan tasdiqlangan, 09.03.2009 y. №6037.
Shuningdek, Prezident Farmoni asosida 2008 yil 31 dekabrda “Advokatura institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ba'zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Unga muvofiq, advokatura sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikka ancha o‘zgartishlar kiritildi. Qonunda advokaturaning quyidagi asosiy masalalari o‘z aksini topdi:
professional yuridik yordam bilan ta'minlash konstitutsiyaviy huquqiga muvofiq, JPKda himoyachi jinoiy ishning istalgan bosqichida, shaxsni qo‘lga olishda esa - uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklanganidan boshlab ishda ishtirok etish uchun kiritilishi haqidagi qoida ko‘zda tutilgan;
jinoiy sud ishi sohasida guvohning advokat olish huquqi ta'minlandi;
advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan, bu advokat so‘rovgia javob bermaslikda ifodalanishi mumkin, shuningdek qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, advokatga, uning ishdagi ishtirokiga to‘sqinlik qilish maqsadida ta'sir ko‘rsatish, yoki uning ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid mavqyeni egallashga majbur qilishga erishish;
qonun bilan mustahkamlanganki, himoyachi quyidagi yo‘llar orqali dalil sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni yig‘ish huquqiga ega: ishga taalluqli axborotga ega shaxslardan so‘rov o‘tkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat va boshqa organlar, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish va ulardan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlar olish. Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq yig‘ilgan materiallarni ishga tirkash haqidagi himoyachining iltimosnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan qondirilishi maiburivdir;
advokatlik faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibi, advokatlik tuzilmalarining tashkiliy-huquqiy shakllari belgilandi, bundan tashqari, advokaturaning advokat yordamchisi va advokat stajyori, advokat stajirovkasi kabi institutlari joriy etildi;
advokatning intizomiy javobgarligining aniq mexanizmini belgilash yo‘li bilan advokat harakatlari ustidan amaliy (ichki idoraviy) nazorat ta'minlandi, Advokatlik etikasi Qoidalari qabul qilindi.