Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


tuzilishi. Sud nutqida dalillar kelitirish asoslari. Nutqning maqsadga yo ‘nalganligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə52/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138
Адвакатлар дарслик

tuzilishi. Sud nutqida dalillar kelitirish asoslari. Nutqning maqsadga yo ‘nalganligi.
§ 1. Advokatlik etikasi qoidalari, ularning ahamiyati va mazmuni
Haqiqat - bu to ‘g ‘rilikdan kelib chiquvchi majburiyatdir
M.Mollo - fransuz advokati42
Mustaqil tashkilot a'zosi sifatida advokat advokatlik korpusi sha'ni va qadrini har tomonlama mustahkamlashi, advokatlik etikasiga faqat advokatlik majburiyatini bajarish chog‘ida emas, balki kundalik hayotda, jamiyat hayotida ham rioya etishi, muayyan mijoz va butun jamiyat oldidagi o‘z axloqiy majburiyatlarini anglashi lozim. Advokatning faoliyati avvalo fuqarolar va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatishdan iboratdir.
yevropa hamjamiyati mamlakatlarida “yevropa hamjamiyati mamlakatlari avdokatlari uchun umumiy qoidalar kodeksi” mavjud. 1990 yil sentyabrda Nyu - Yorkda o‘tkazilgan konferensiyada Xalqaro advokatlar assotsiatsiyasi tomonidan “Xalqaro yuristlar assotsiatsiyasi yuridik kasb mustaqilligi standartlari” huquqiy hujjati qabul qilindi.
Mashhur advokat M.Yu.Barshevskiy advokatlik kasbining uchta asosiy tamoyilini ajratib ko‘rsatadi: halollik, layoqatlilik va vijdoniylik. Ular advokatlik faoliyatining turli jihatlarida namoyon bo‘ladi: mijozlarga konsultatsiya berishda, sudda, boshqa ommaviy chiqishlarda, hamkasblar, sud ma'muriyat bilan munosabatlarda, manfaatlar ziddiyati vaziyatlarida.43


42 Традиции адвокатской этики. Избранные труды российских и французских адвокатов (XIX - начало XX вв.) / СПб. Изд. Юридический центр. 2004. - С.17.
43Барщевский М.Ю. Организация и деятельность адвокатуры в России: Научно- практическое пособие. - М.: Юристъ, 2000.








Advokat tomonidan o‘zining kasbiy burchini ado etayotganida namoyish etiladigan layoqatlilik va vijdoniylik u ko‘rsatayotgan yordamning yuyoori sifati va professionalligini shakllantiruvchi zaruriy omillardir. Advokatdan quyidagilar talab etiladi:

  1. u o‘z faoliyatida to‘qnash keladigan barcha huquq sohalaridagi qonunchilik rivojlanishini diqqat bilan kuzatish, huquqni qo‘llash amaliyotidan xabardor bo‘lish, o‘z malakasini mustahkamlash va oshirib borish;

  2. o‘z layoqatini, qo‘ilgan vazifaning murakkabligi va xususiyatini to‘g‘ri baholay bilish, mijoz topshirig‘ini bajarish bilan bog‘liq muammolarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal eta olish;

  3. o‘z malakasi yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda mijoz ish yuritishni so‘rab murojaat qilganda u yo vakillik qilishdan bosh tortishi yoki ushbu sohada layoqatli boshqa advokatdan konsultatsiya olishga yoki u bilan hamkorlik qilishga mijozning roziligini olishi;

  4. o‘zining layoqatliligi yetarli emasligi tufayli mijoz topshirig‘ini bajarishdan voz kechganda advokat boshqa mutaxassisni tavsiya etishi va bu yordam qa'tiy ishonch bilan amalga oshirilishi lozim.

Vijdoniylik tamoyili advokat o‘z kasbiy majburiyatlarini bajar ayotganida bor imkoniyati va iqtidorini ba-ishlab harakat qilishi, mijozga qisqa fursatda va uning manfaatlarini maksimal darajada inobatga olgan holda malakali yordam ko‘rsatish
uchun bor kuchini berishi lozimligini anglatadi, aynan:

  1. oqilona tezlikda barcha kasbiy xatlarga javob berish, shun ingdek boshqa kasbiy majburiyatlarni bajarishda punktuallikka rioya qilish;

  2. mijozni huquqiy yordam ko‘rsatilishining asosli kechikishida yoki unga mijoz manfaatlarini talab darajasida himoya qilishga

2013 yil 27 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II Konferensiyasida yangi tahrirdagi Advokat kasbiy etikasi qoidalari qabul qilindi. Ushbu hujjat advokatlik faoliyatini amalga oshirishda har bir advokat uchun majburiy bo‘lgan, axloqiy mezonlarga va advokatura an'analariga, shuningdek xalqaro standartlar va advokatlik kasbi qoidalariga asoslangan xatti-harakat qoidalarini belgilaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin