Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə48/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138
Адвакатлар дарслик

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy institutlar faoliyatining asosiy xalqaro standarti (hujjati) “Parij tamoyillari” nomi bilan mashg‘ur tavsiyalar va tamoyillardir.
Parij tamoyillari” BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 dekabrda tasdiqlangan (№48/134) va IHMI quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:

  1. huquqlarni himoya qilish bo ‘yicha keng vakolatlar;

  2. qonunchilik bilan mustahkamlanganlik;

  3. mustaqillik;

  4. keng vakillik doirasi;

  5. fuqarolar shikoyatini ko‘rib chiqish imkoniyati.






§ 3. Advokatura va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari
bo‘yicha vakili (Ombudsman)
Ombudsman institutining yuzaga kelishi omillari va rivojlanish tarixi G‘arb va Sharqning u yoki bu madaniyat yetakchiligi borasidagi asriy raqobati bilan bog‘liqdir.
Masalan, G‘arbda ombudsman timsoli - bu hokimiyat ta'qiblaridan fuqarolarni himoya qilish choralarini ko‘rgan Rimning sivitatis (“Xalq himoyachisi”)dir. Sharqda esa bu shariatga (savdo, xatti-harakatlar, muloqot va boshqalarda) amal qilinishini nazorat qiluvchi shaxs - muhtasibdir.
Ombudsman mutaqil mansabdor shaxs bo‘lib, davlat amaldorlari harakatlari ustidan shikotlarni qabul qiladi va o‘z tavsiyalarini beradi, to‘g‘ri, ular qonun
kuchiga ega emas. Ombudsman institutining afzalligi shundaki, fuqarolaming ombudsmanga murojaat qilishlari sudga murojaat qilishdan ancha osonroqdir.
Rasman ombudsman Shvetsiyada qirolning parlament bilan kurashda mag‘lub bo‘lganidan keyin yuzaga keldi (1809 y. Konstitutsiyasi). “Ombudsman” so‘zi shved tilidagi ombudsman - “kimning manfaatlarini ilgari suruvchi” so‘zidan kelib chiqqan.
Avval-boshda ombudsman qirolning adolatsiz qarorlarini to‘xtatib qolish funksiyasini bajargan va parlamentga bo‘ysungan.
Asosiy tavsifi:
shikoyat berishning rasiy tamoili mavjud emasligi; uni hal etishning majburiy emasligi; surishtiruv o‘tkazish uchun keng ikoniyatlar borligi; parlamentga har yili hisobot berib borish majburiyati.

3

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) - davlat organlari, korxonalari, muassasalari, tashiklotlari va amaldor shaxslar tomonidan huquqlar va erkinl iklar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazor ati vakolati berilgan mansabdor shaxs.












Bugungi kunda G‘arbda ombudsman hukumat tomonidan xususiy shaxslarning davlat muassasalari ustidan shikoyatlarini hal etish uchun tayinlangan har qanday shaxs sifatida qabul qilinadi. Masalan, Sharqiy yevropadagi ba'zi yirik shaharlar meriyalari qoshida velosipedistlar huquqlari bo‘yicha ombudsmanlar tayinlangan. “Ixtisoslashgan” ombudsmanlar (bolalar huquqlari bo‘yicha, soliq, harbiy xizmatchilar, bemorlar huquqlari va sh.k.)
: Щ

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin