Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 6. Advokat va manfaatlar to‘qnashuvi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə56/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 6. Advokat va manfaatlar to‘qnashuvi
Mijoz va advokatning munosabati ishonch asosida quriladi, bu esa advokat o‘zini axloqsiz tutishi holatida imkonsizdir. Manfaatlar ziddiyati muammosi - advokat uchun eng murakkab axloqiy muammolardan biridir.
Advokat avvalda shu ish bo‘yicha o‘zi himoya qilgan yoki shu vaqtning o‘zida himoya qilayotgan shaxs manfaatlariga zid keluvchi boshqa mijozning manfaatlarini himoya qilishga kirishganda manfaatlar to‘qnashuvi haqida so‘z yuritishga to‘g‘ri keladi.
Boshqacha aytganda, manfaatlar to‘qnashuvi bir mojaroning bir necha tomonlarining qarama-qarshi manfaatlarini hisobga olishga majbur bo‘ladigan bo‘sa, manfaatlar to‘qnashuvi vujudga keladi.
Bu mojarolar to‘qnashuvining eng sodda shakli, voqyelikda muammo anchayin murakkab bo‘ladi. Chunonchi, ba'zida mojaro tomonlaridan birining manfaatlarini ilgari surishni to‘xtatib, mojaroda boshqa qatnashmay qo‘yganida mojaroning boshqa tarafi unga yordam so‘rab murojaat qiladi. U bunday topshiriqni zimmasiga olishi mumkinmi? Tushunish kerakki, boshqa tomon vakili sifatida qatnashgan vaqtida advokat maxfiy axborotlar bilan tanishgan bo‘lishi mumkin va bu hol endi, narigi tomon topshirig‘ini olganida, oldingi mijozi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin. Bu axloqdanmi?
Afsuski, manfaatlar to‘qnashuvi masalalarini huquqiy tartibga solish qonunchiligimizda yetarli emas. Bu borada “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga, shuningdek Advokatlar kasbi axloqi qoidalariga e'tibor berish zarar.
Qonunda manfaatlar to‘qnashuviga tegishli birgina ibora mavjud. U ham bo‘lsa, qonunning 7- moddasi bo‘lib, unda advokat muayyan ish bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam ko‘rsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni so‘rab murojaat etgan shaxsning manfaatlariga zid kelgan va boshqa hollarda yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emasligi ko‘rsatilgan.
Agar qonunga tayanilsa, bizning qonunchiligimizda manfaatlar to‘qnashuvi o‘ta tor yoritilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Advokat bir shaxsga yuridik yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, manfaatlari ushbu shaxs manfaatlariga zi keluvchi boshqa shaxsga yuridik yordam ko‘rsatish huquqiga ega emas.
Biroq Qoidalarda manfaatlar to‘qnashuvi batafsilroq tavsiflangan. Chunonchi, advokat muayyan ish bo‘yicha bir shaxsga yordam ko‘rsatgan bo‘lsa, shu ish bo‘yicha boshqa mijozning topshirig‘ini zimmasiga olishga haqqi yo‘q.
Qonunda aniq belgilab qo‘yilmaganiga, manfaatlar to‘qnashuvi muammolarining ko‘plab jihatlari doiradan chetda qolganligiga qaramay, qonunning turli moddalarda aks etgan mohiyati uni to‘g‘ri tushungan advokatga manfaatlar to‘qnashuvining asosiy tamoyillarini buzishga yo‘l qo‘ymaydi.
Ushbu iboralardan kelib chiqib, manfaatlari ushbu mojaroda advokatning avvalgi ishonch bildiruvchisining manfaatlariga zid bo‘lgan shaxsdan topshiriq olishga advokatning haqqi yo‘q, degan xulosaga kelish mumkin. Advokat o‘z ishonch bildiruvchisidan maxfiy axborot olgan bo‘lishi, u esa sobiq ishonch bildiruvchiga nisbatan ochiq oydin yoki ehtimoliy shantaj vositasiga aylanadi. Bu esa sobiq ishonch bildiruvchining o‘z mavqyeini himoya qilish irodasini sezilarli zaiflashtirishi mumkin. agar advokat unda mavjud axborotdan foydalanmasa, u murojaat qilgan shaxs oldidagi uning manfaatlarini halol va vijdonan himoya qilish majburiyatini buzgan bo‘ladi, chunki bu vaziyatda advokat ishonch bildiruvchi manfaatlarini himoya qilish uchun o‘zidagi barcha imkoniyatlardan foydalanmagan bo‘ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin