Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokat va soliq organi to‘g‘ri ish qilganmi?



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə46/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokat va soliq organi to‘g‘ri ish qilganmi?
Ushbu vaziyatda qonunning qaysi me'yorlari va kim tomonidan buzilgan?

  1. vaziyat.

Uch nafar advokat advokatlar hay'atini ta'sis etdilar, unga keyinchalik yana o‘n nafar advokat hay'at a'zolari sifatida qabul qilindilar. Hay'at ta'sis etilayotgan vaqtdayoq qabul qilingan nizomga ko‘ra, hay'atga boshqa a'zolarni qabul qilish hay'at Prezidiumi, ya'ni hay'at ijroiya organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu ustavda advokatlik faoliyati tamoyillari buzilishi mavjudmi.
Advokatlar hay'atida boshqa tur ta'sis hujjatini qabul qilish tartibi qanday?
Bu vaziyatda advokatlarni qoniqtirmaydigan hay'at nizomidan sudga shikoyat qilishdan saqlanish mumkinmi?

  1. vaziyat.

Advokatlik firmasi muassislari, ular ijaraga olgan ofis uchun ijara to‘lovlarini to‘lay olmay, advokatlikdan boshqa yuridik faoliyat bilan pul topish uchun firmani tijorat yo‘nalishidagi firma sifatida qayta tashkil qilishga qaror qildilar (mas'uliyati cheklangan jamiyat).
Advokatlarda to‘g‘ri qaror g‘oyasi tug‘ildimi?
Murakkab moliyaviy holatdan chiqish uchun ular o‘z muammolarini qanday hal qilishlari kerak?

  1. BOB

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKATURA VA INSON HUQUQLARI BO‘YIChA MILLIY INSTITUTLAR
Advokatura va inson huquqlari: xalqaro huquq jihati. Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar tushunchasi va tizimi. Advokatura va O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman). Advokatura va O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo ‘yicha millik markaz.
§ 1. Advokatura va inson huquqlari: xalqaro huquq jihati
Bugungi kunda advokat faoliyatini xalqaro miqyosda huquqiy va axloqiy tartibga solish bazasini tashkil qiluvchi quyidagi asosiy xalqaro huquqiy hujjatlar mavjud:

  • 26.06.1945 y.da qabul qilingan BMT Nizomi, u insonlarning jinsi, tili, dinidan qat'i nazar, inson huquqlari hurmat qilinadigan va qonuniylikka rioya etiladigan sharoitlar yaratilishiga bo‘lgan huquqini e'lon qildi;

  • 10.12.1948 y.da qabul qilingan Insong huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, u barchaning qonun oldida tengligi, aybsizlik prezumpsiyasini, ishning sudda xolis va ochiq ko‘rilishi tamoyillarini mustahkamladi va, eng muhimi, himoya kafolatlarini berdi;

  • 19.12.1966 y.da qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt, u BMT Nizomi va Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining asosiy qoidalarini tasdiqladi va ularni aniqlashtirdi;

  • Parij tamoyillari (1991 y.) yoki Insn huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tashkil topishi va samarali faoliyat yuritishi bo‘yicha tamoyillar to‘plami, ular mazkur tadrijiy rivojlanishda muhim qadam bo‘ldi. Ularda inosn huquqlari bo‘yicha milliy komissiyaning standart maoqim va konsultatsiyaviy rolini belgilash yo‘li orqali milliy institut konsepsiyasini aniqlashga urinish amalga oshirildi. Agar bu standartlar faqat “komissiya” deb belgilangan institutlarga emas, milliy institutlarning umumiy toifasiga nisbatan tatbiq qilinsa, bunday holda milliy institut konstitutsiya yoki qonun bilan inson huquqlari sohasidagi aniq funksiyalarni amalga oshirish uchun ta'sis etilgan organ bo‘lishi lozim. Bu yondashuv ushbu toifadan nafaqat ko‘proq umumiy funksiyalarga ega (masalan, ma'muriy tribunallar) davlat organlarini, balki qonunlarda tilga olinmaydigan barcha boshqa tashkilotlarni ham mustasno qilish uchun qo‘llaniladi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin