Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Dalillarni o‘rganish davomida sud muhokamasida advokat isbotlash va dalillar taqdim etish qoidasiga rioya etishi kerak



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə98/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   138
Адвакатлар дарслик

Dalillarni o‘rganish davomida sud muhokamasida advokat isbotlash va dalillar taqdim etish qoidasiga rioya etishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi XPK 55-m., 1-q. ga muvofiq, ishda qatnashuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e'tirozi asosi sifatida tayanadigan holatlami isbotlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi XPK 56-m., 1-q. ga muvofiq, dalillar ishda qatnashadigan shaxslar tomonidan taqdim etiladi.
Xo‘jalik sudi, agar mavjud dalillar asosida ish ko‘rishni imkonsiz deb hisoblasa, ishda qatnashayotgan shaxslarga qo‘shimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishi mumkin.
Sud muhokamasida advokat xo‘ajlik sudi sud majlisi bayonnomasini yuritishning to‘g‘riligi va to‘liqligiga e'tibor berishi lozim, u protsessual yozma hujjat bo‘lib, sud va jarayon ishtirokchialri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi XPK 134-m.da sanab o‘tilgan harakatlarni sodir etganlik (etmaganlik)ni tasdiqlaydi.
E'tibor berish kerakki, xo‘jalik sudi sud majlisi bayonnomasi har bir sud majlisida, shuningdek, alohida, qonunda ko‘rsatilgan protsessual harakatlar sodir etilishi to‘g‘risida tuziladi. Bayonnomaga havola advokatning yuqori turuvchi sud instansiyalarida qatnashishida muhim rol o‘ynashi mumkin.
Advokatning sud muhokamasi davomida o‘zini tutishi taktikasi advokatning ishda mavjud dalillarga baho berishidagi faolligini ifodalashi lozim, ya'ni advokat jarayonning tashqi va sust kuzatuvchisi bo‘lmasligi, balki faol yaratuvchi va bunyodkor bo‘lishi kerak. Bu hol qarshi tomon vakillarining dalil-isbotlariga e'tirozlar bildirish mahoratida, shuningdek ularga o‘z sharhlarini va yuridik tahlil taqdim qilishda o‘z ifodasini topadi.
Bunda ehtiyotkorlikni unutmaslik va qarshi tomon vakillariga kasbiy hurmatni talab darajasida ushlab turish kerak. Advokatning o‘zini tutishi masalani o‘rtaga tashlayotganda ham, e'tiroz bildirishda hmas xushmuomalalik bilan ajralib turishi kerak. boshqa shaxsga nisbatan muloyim munosabatga rioya qilish va qarshi tomon vakili obro‘si va qadrini yerga uruvchi so‘z va iboralar aytish, shuningdek harakatlar qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin