Ushbu tahliliy ish advokat tomonidan qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatlari ustidan taqdim etiluvchi apellyasiya shikoyati tuzilishida asosiy element sanaladi
Ushbu tahliliy ish advokat tomonidan qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatlari ustidan taqdim etiluvchi apellyasiya shikoyati tuzilishida asosiy element sanaladi. Apellyasiya shikoyatini o‘z vaqtida, protsessual huquq me'yorlari bilan belgilangan protsessual muddatlar doirasida berish nihoyatda muhim. Apellyasiya shikoyatini berish muddati - xo‘jalik sudi qaror yoki boshqa sud hujjati qabul qilganidan keyin bir oyil Qonunda belgilangan bir oylik muddat xo‘jalik sudi tomonidan qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin emas. Apellyasiya shikoyatini taqdim etishga xo‘jalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra muddatni o‘tkazib yuborgan shaxslar uchun muddat qayta tiklanishi mumkin. Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirmagan qarorlari ustidan apellyasiya shikoyati berish mumkin. Apellyasiya shikoyati ishda qatnashgan shaxslar tomonidan berilishi mumkin. ular ish yakunidan manfaatdor, shu sababli qonun ularga zaruriy protsessual huquqlar beradi. Ishda qatnashuvchi shaxslardan farqli ravishda, ularning vakillari (jumladan advokatlar) apellyasiya instansiyasi sudiga murojaat qilish mustaqil huquqiga ega emaslar. Murojaat faqat ishda qatnashuvchi shaxslar va sud hujjatlari ustidan apellyasiya shikoyatini kiritish huquqiga ega boshqa shaxslar topshirig‘i bilan va ularning ishonchnomalari asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Ishni apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilishining sezilarli belgisi sud muhokamasining takroriyligi sanaladi. Biroq advokat faqat oldin sud tekshiruvi predmeti bo‘lgan ishgina takroriy ko‘rib chiqilishini hisobga olishi kerak. Shu sababli birinchi instansiya sudida e'lon qilinmagan yangi talablar, ularga bog‘liqligi qanchalik maqsadga muvofiq bo‘lmasin, apellyasiya instansiyasi sudiga taqdim etilishi mumkin emas. Advokat ushbu bosqichda e'tiborga olishi kerak, apellyauiya shikoyatida yangi talablarni bildirish maqsadga muvofiq emas, chunki ular muhokama predmeti bo‘la olmaydi va birinchi instansiya sudi qarori qabul qilinganidan keyin shikoyatchi uchun dolzarbligini saqlab qolgan muammolarni ahlil qilishdan apellyasiya sudini chalg‘itishi aniq bo‘ladi.