Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokatning sud muhokamasidagi vazifasi - bahs mohiyati bo‘yicha o‘zining mavqyei to‘g‘riligiga sudni ishontirishdir



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə99/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatning sud muhokamasidagi vazifasi - bahs mohiyati bo‘yicha o‘zining mavqyei to‘g‘riligiga sudni ishontirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi XPK 12- m.ga muvofiq, xo‘jalik sudi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek xalqaro shartnomalar asosida bahslarni hal etadi. Xo‘jalik udi, ishni ko‘rishda davlat yoki boshqa organning hujjatining qonunga nomuvofiqligini, xususan u vakolatdan tashqari chiqish bilan qabul qilinganligini aniqlab, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi. Bahsli munosabatlarni tartibga soluvchi huquq me'yorlari bo‘lmasa, xo‘jalik sudi o‘xshash munosabatlarni qo‘llaydi, ular ham bo‘lmaganda, umumiy asoslar va qonun ma'nolaridan kelib chiqib bahsni hal etadi.
Protsessual huquqning mazkur me'yoriga kiritilgan oxirgi qo‘shimchalar qonunchilikni o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash mumkinligi, ba'zida esa zarurligini aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi FK 5- m., 1,2- q.lariga ko‘ra, fuqarolik huquqiy munosabatlari qonunchilik tomonidan yoki tomonlar kelishuvi bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri tartibga solinmaganda, o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi fuqarolik qonunchiligi me'yorlari qo‘llaniladi (qonun analogiyasi). Ko‘rsatilgan vaziyatlarda qonun analogiyasidan foydalanish imkonsiz bo‘lgan taqdirda, tomonlarning huquq va majburiyatlari umumiy asoslar va fuqarolik qonunchiligi ma'nosidan (huquq analogiyasi) va vijdoniylik, oqilona yo‘l tutish va adolatlilikdan kelib chiqib belgilanadi. Fuqarolik huquqlarini cheklovchi va javobgarlik yuklovchi me'yorlarni analogiya bo‘yicha qo‘llashga ruxsat etilmaydi.
Qarshi tomon vakilining chiqishidan keyin advokat mazkur tomon vakilining tushuntirishlari bo‘yicha og‘zaki e'tirozlar bilan chiqishi mumkin. Opponent tushuntirishiga e'tiroz kabi protsessual vositani qo‘llashda advokat, avvalda aytilganlarni ko‘p bora takrorlamaslik uchun, sudga xato va ziddiyatlarni yaqqol namoyoish etish maqsadida, qarshi tomon vakilining asosiy dalil-isbotlari mohiyatining yuridik tahlilini berishi, shuningdek qarshi tomon aytganlariga sabab va asoslarni keltirgan holda raddiya berishi lozim.
Barcha dalillarni o‘rganish yakunlanganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda qatnashuvchi shaxslardan ularda ish bo‘yicha qo‘shimcha material bor-yo‘qligini so‘raydi. Bunday materiallar mavjud bo‘lmaganda raislik qiluvchi ish o‘rganilishini yakunlangan deb e'lon qiladi va sud tarkibi maslahat honasiga qaror qabul qilish uchun chiqib ketadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin