Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 1. Ma’muriy huquqbuzarliklar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə109/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 1. Ma’muriy huquqbuzarliklar
Ma'muriy huquqbuzarlik - bu fuqarolar shaxsiyati, huquqlari va erkinliklariga, mulkka, davlat va jamoat tartibiga, atrof-muhitga daxl qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotszlik oqibatida) harakat yoki harakatsizlik bo‘lib, uning uchun qonunchilikda ma'muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 10­m.).
O‘zbekiston Respublikasi MJtKga muvofiq, ma'muriy javobgarlikka jismoniy shaxslar, jumladan harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jalb qilinadi. Yuridik shaxs, agar u, buzganik uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtK yoki amaldagi qonunchilik bilan ma'muriy javobgarlik belgilangan qoidalar va me'yorlarni rioya etish imkoniga ega bo‘la turib, ularga rioya etish uchun unga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘rmaganligi uchun ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topiladi.61
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks - O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy javobgarlikni belgilovchi asosiy qonundir. U bir vaqtning o‘zida ma'muriy huquqning moddiy qismini va kodeks moddalarini qo‘llashning protsessual qoidalarini o‘z ichiga oladi.
17-18- boblarida ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hal etishga va qaror chiqarishga vakolatli shaxslar sanab o‘tiladi. 19-24- boblarda protsessual huquq masalalari jamlangan, 25-31- boblarda esa, ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qarorlarning ijrosi tartibi belgilangan.
Kodeksda aybning ikkita shakli ko‘zda tutilgan: qasddan va ehtiyotsizlik oqibatida. Kodeksning 11- moddasida aytiladiki, agar ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs o‘z harakati (harakatsizligi)ning g‘ayriqonuniy xarakterda ekanligini anglagan bo‘lsa, uning zararli oqibatlarini ko‘ra bilgan bo‘lsa va bunday oqibatlarning yuzaga kelishini istagan bo‘lsa, ongli ravishda ularning yuzaga kelishiga qo‘yib bergan yoki ularga befarq qaragan bo‘lsa, ma'muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb tan olinadi.
Ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs o‘z harakti yoki haraktsizligining zararli oqibatlari yuzaga kelishi mumkinligini oldindan bilgan, lekin yengiltaklik bilan ularning oldini olishni mo‘ljallagan, yoki bunday oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini ko‘zda tutmagan, aslida ko‘ra bilishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, bunday ma'muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik yuzasidan sodir etilgan deb tan olinadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin