Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə112/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138
Адвакатлар дарслик

Dl
Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yurituvida qatnashishiga ruxsat berilgan advokat va vakil ishning barcha materiallar bilan tanishish, dalillar taqdim etish, iltimosnoma va rad etishlar kiritish, ish ko‘rilishida qatnashish, ish bo‘yicha yurituvni ta'minlash choralarini qo‘llash, ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat qilish, qonunga muvofiq boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga eg?

Ш
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha dalillar - har qanday fakt ma'lumotlari bo‘lib, ular asosida sudya, ish yurituvi qo‘lida bo‘lgan organ, mansabdor shaxs ma'muriy huquqbuzarlik holati mavjudligi yoki mavjud emasligini, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning aybdorligini, shuningdek ishni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatga ega boshqa holatlarni aniqlaydilar.
Bu ma'lumotlar ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, qonunda ko‘zda tutilgan boshqa bayonnoma, ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritalayotgan shaxsning tushuntirishlari, jabrlanuvchining, guvohlaming ko‘rsatmalari, ekspertlar xulosalari, boshqa hujjatlar, shuningdek maxsus texnik vositalar, ashyoviy dalillar bilan belgilanadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritalayotgan shaxsning tushuntirishlari, jabrlanuvchining va guvohlarning ko‘rsatmalari ishga aloqador, ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan og‘zaki yoki yozma shaklda xabar berilgan ma'lumotlarga kiradi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishda ilm-fan, texnika, san'at yoki hunar sohalarida maxsus bilimlardan foydalanishga zaruriyat tug‘ilsa, sudya, ishni yuritayotgan organ, mansubdor shaxs ekspertiza tayinlash to‘g‘risida ajrim qabul qiladi. Ajrim ekspertiza o‘tkazilishi topshirilgan ekspertlar yoki muassasalar uchun majburiydir. Ekspert xulosasi sudya, ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ, mansabdor shaxs uchun majburiy sanalmaydi, lekin ekspert xulosasiga rozi emaslik asoslab berilishi kerak.
Ashyoviy dalillarni o‘rganishda advokat faol mavqyeni egallashi kerak, ayniqsa u hujjatlarni o‘rganishda e'tiborli bo‘lishi kerak. Hujjatlarda bayon etilgan yoki ularda tashkilotlar, ularning birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar bilan tasdiqlangan ma'lumotlar ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yurituvi uchun ahamiyatga ega bo‘lsa, dalil deb hisoblanadi. Hujjatlarga foto- va kinos'yomka, audio- va videoyozuv, axborot bazalari va ma'lumotlar bazalari va boshqa axborot tashuvchilar materiallari kirishi mumkin.


r
Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish sudya, ishni ko‘rish vakolatiga ega organ, mansabdor shaxs ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani va ishning boshqa materiallarini olganidan keyin o‘n besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin