J Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilishi jarayonida maxmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, zarur hollarda ishning boshqa materiallari ham o‘qib eshittiriladi. Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yurituvi olib borilayotgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxsning qonuniy vakilining tushuntirishlari, ish yurituvda ish bo‘yicha qatnashayotgan boshqa shaxslar ko‘rsatmalari, mutaxassis tushuntirishi va ekspert xulosasi tinglanadi, boshqa dalillar o‘rganiladi, psh yuritilishida prokuror qatnashgan taqdirda, uing xulosasi tinglanadi. Qonun advokatga bunday huquq bermaydi, ya'ni tomonlarning sudda so‘zga chiqishlari mavjud emas. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra qaror chiqarilishi mumkin: ma'muriy jazo tayinlash to‘g‘risida;
ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishni bekor qilish to‘g‘risida.
g) Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilishda advokat qaysi idoraga mansublikka e'tibor berishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi MJtK 315- m.da tegishli qoidalar belgilangan. Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat sudga va yuqori turuvchi idoraga, yuqori turuvchi mansabdor shaxsga tushgan bo‘lsa, uni sud ko‘rib chiqadi. Shikoyat ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra qaror qabul qilinadi. Yuridik shaxs yoki yuridik shaxsni tashkil qilmay tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxs tomonidan sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan, xo‘jalik-protsessual qonunchilikka muvofiq, xo‘jalik sudiga shikoyat qilinadi. Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat ish bo‘yicha qaror chiqargan sudyaga, organga, mansabdor shaxsga taqdim etiladi va ular shikoyat kelib tushganidan keyin 3 sutka ichida uni ishning barcha materiallari bilan birga tegishli sudga, yuqori turuvchi organga, yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yuborishi lozim.