Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


harakatlar shaxs tomonidan o‘ta zarur holatda sodir etilgan



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə111/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
Адвакатлар дарслик

harakatlar shaxs tomonidan o‘ta zarur holatda sodir etilgan;

  • amnistiya hujjati e'lon qilinishi, u ma'muriy jazo qo‘llashni bekor qiladi;

  • ma'muriy javobgarlikni belgilagan qonun bekor qilinishi;

  • ma'muriy javobgarlikka tortish belgilangan muddati tugashi;

  • xuddi shu yagona noqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi fakti bo‘yicha, ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yuritilayotgan shaxsga nisbatan ma'muriy jazo tayinlash qarori yoki ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror yoki jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror yuritilishi;

  • ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritilayotgan jismoniy shaxs o‘limi yuz berishi.

    Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yurituvi davomida ish yurituvida qatnashuvchi shaxslar iltimosnoma berishlari mumkin.
    Iltimosnoma yozma shaklda taqdim etiladi va o‘sha zahoti ko‘rib chiqilishi lozim. Iltimosnomani qondirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror sudya, ma'muriy
    huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritish qo‘lida bo‘lgan organ, mansabdor shaxs tomonidan ajrim ko‘rinishida chiqariladi.
    § 2. Advokatning ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yurituv jarayonida qatnashishi


    Advokat yoki vakil sifatida ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yurituviga advokat yoki boshqa shaxs qo‘yiladi. Advokatning vaoklati yuridik konsultatsiya tomonidan berilgan order bilan tasdiqlanadi.
    Yuridik yordam ko‘rsatuvchi boshqa shaxs vakolatlari qonunga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
    Advokatning ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yurituvi jarayonida qatnashishining huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida keltirilgan (288, 294, 295, 297, 303 va b. m.lar)
    Advokat va vakilga ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yurituviga
    ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilgan paytdan qatnashishga ruxsat beriladi. Jismoniy shaxs ma'muriy huquqbuzarlik tufayli qo‘lga olingan holda, himoyachi ma'muriy qo‘lga olish vaqtida ish yurituvga qo‘yiladi.



    Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin