Xo‘jalik sud ishida vakillikni rasmiylashtirish tartibi.
Advokatning biirnchi instansiya sudida xo‘jalik ishini ko‘rishda qatnashishi.
Birinchi instansiya sudida xo‘jalik ishini ko‘rishda advokatning protsessual huquqlari va majburiyatlari.
Sud hujjatlarini ko‘rib chiqish bosqichida (apellyasiya, kassatsiya, nazorat va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha) advokat faoliyati. vaziyat.
Yuridik konslutatsiyaga fermer Boboev murojaat qildi va xabar berdiki, o‘zaro shartnoma asosida boshqa fermer xo‘jaligi bilan umumiy podada bo‘lgan uning fermer xo‘jaligi sigirlari, buqalari, xo‘jalik raisining aybi bilan sovuqdan va ochlikdan nobud bo‘lgan. Boboev sudga raisning ustidan, undan nobud bo‘lgan chorva qiymatini va boy berilgan foyda qiymatini undirib olish haqida da'vo arizasini tuzishda yordam berishni so‘radi. Biroq uni qabul qilgan advokat da'vo berish uchun zarur bo‘lgan rais va fermerlik xo‘jaligining aybini ko‘rsatuvchi dalillar mavjud emasligiga asoslanib, da'vo arizasini tuzishdan bosh tortdi. Qaysi huquqiy me'yorlar asosida advokat ish ko‘rdi? U to‘g‘ri yo‘l tutdimi? Advokat fermerga qanday konsultatsiya berishi kerak edi? Advokat tomonidan yuridik konsultatsiya uchun haq qonuniy olinganmi? vaziyat.
Fuqaro Saidova advokat G‘oipovga o‘zining o‘g‘lini odam o‘ldirish bo‘yicha jinoiy ishda dastlabki tergov jarayonida himoya qilish iltimosi bilan murojaat qildi, unda uning o‘g‘li ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgandi. Biroq advokat Saidova bilan shartnoma tuzishdan bosh tortdi va bunda u xo‘jalik huquqi sohasida mutaxassis advokat ekanligini, odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha ixtisoslashmaganligini asos qilib keltirdi. Advokatning rad etishi qonunga muvofiqmi? Ushbu rad etishda qonunchilikning advokat himoyani zimmasiga olishni rad etishi taqiqlanishi talabi buzilishi kuzatilmaydimi?
BOB
ADVOKAT MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR TO‘G‘RISIDAGI
IShLAR BO‘YIChA ISh YuRITUV JARAYoNIDA Ma'muriy huquqbuzarliklar. Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qarorlarni qayta ko‘rib chiqish. Ma'muriy undirishlarni qo‘llash to ‘g ‘risidagi qarorlarning ijrosi.