Himoya funksiyasini yanada samarali amalga oshirish uchun advokat o‘z faoliyatini muayyan shaklda amalga oshiradi: himoya ostidagi shaxsga konsultatsiya berish;
himoya yo‘nalishini ishlab chiqish;
tergov harakatlarida qatnashish;
himoya ostidagi shaxs huquqlari va manfaatlarini yanada potimal rioya etilishi maqsadida surishtiruvni olib boradigan huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ishlash;
jabrlangan tomon vakili bilan aloqa o‘rnatish, ehtimoliy kelishuv holatlari (sulh kelishuvi)ni ishlab chiqish;
huquqni muhofaza qilish organlari mansabdor shaxslari harakatlari ustidan shikoyat qilish;
tergovga noma'lum va xolis haqiqatni o‘rnatishga ko‘mak beruvchi ma'lumotlarni aniqlash maqsadila advokatlik surishtiruvini o‘tkazish;
dalillarni joizlik, tegishlilik, ishonchlilik, yetarlilik nuqtai nazaridan tahlil
qilish; sudda ish ko‘rilishida isbotlash jarayonida qatnashish;
himoya nutqini shakllantirish;
qonunda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘lganida, sud qarorlari ustidan shikoyat qilish;
yuqori turuvchi sud instansiyalarida himoyachining qatnashishi.
O‘zbekiston Respublikasi JPK 53- m.ga ko‘ra, advokat isbotlash sub’ekti sanalmaydi. Shu bilan birga, u quyidagi yo‘llar orqali dalil sifatida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni yig‘ish huquqiga ega: ashyolar v boshqa ma'lumotlar olish; shaxslarni ularning roziliklari ilan so‘rov qilish; davlat hokimiyati, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va b.lardan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar, turli hujjatlarni talab qilib olish.
Jinoiy ish bo‘yicha ishlab chiqilgan va himoya ostidagi shaxs bilan kelishilgan himoya taktikasidan kelib chiqib, advokat gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyasi manfaatlarida yig‘ilgan dalillami taqdim etish hajmi, ketma-ketligi va taqdim etish bosqichini belgilaydi. Sud muhokamasidagi himoya taktikasida ham o‘ziga xosliklar mavjud, ular avvalo advokatning dalillar bilan ishlashida ko‘rinadi: u to‘plagan barcha axborot sudga taqdim etilishi kerak, surishtiruv jarayoniga qo‘shilishi, sud surishtiruvi davomida o‘rganilishi lozim. shu yo‘l bilan himoyachi-advokat ayblovni butunlay, uning ba'zi qismlarini yoki epizodlarini inkor qiladi, o‘z mavqyeini sudga u tomonidan taqdim etilgan dalillar asosida tasdiqlaydi. Advokat tomonidan sudgacha ish yurituvda isbotlashni amalga oshirish usullaridan biri tergov harakatlarini yuritishda qatnashishdir. Bu yerda advokatning maqsadi himoyasi ostidagi shaxsning aybdorligi, u sodir etgan qilmish tasnifi, uning javobgarligi ko‘rinishi va miqdori to‘g‘risidagi masalani hal etishga yoki uni ozod etishga ta'sir ko‘rsatuvchi holatlar va dalillami aniqlashdan iborat. Advokatning yakunlangan dastlabki tergov materiallari bilan tanishish bosqichiga nisbatan, amaliyot va nazariya bir qtaor uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqqan bo‘lib, ularni amalga oshirish advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi. Agar u ishda gumonlanuvchi qo‘lga olinganidan yoki shaxsning ayblanuvchi sifatida jalb qilinganidan buyon qatnashsa, advokat ish materiallari bilan tanishishni shaxsning ayblanuvchi sifatida jalb qilinishi haqidagi qarorni o‘rganishdan boshlashiga zarurat qolmaydi. Birinchi navbatda advokat himoya qilayotgan shaxsni ayblashga qaratilgan materiallarni o‘rganishni boshlash kerak, ayblanuvchi sifatida jalb qilish to‘g‘risidagi qarorni sinchiklab va e'tibor bilan o‘rganish kerak. Bu ishning qaysi jildi va qaysi hajmdagi materiallarni o‘rganib chiqish kerakligini aniqlash imkonini beradi. Yakuniy dastlabki surishtiruv materiallari bilan tanishish davomida advokat tomonidan berilgan iltimosnomalar ayblanuvchini himoya qilish uchun ahamiyatga ega ma'lumotlarni yig‘ishga, himoya ostidagi shaxsga qo‘yilgan ayblovni rad etuvchi talqinlarni tekshirish, ayblanuvchi qilmishlari tasnifini yengilroqqa o‘zgartirish, alohida epizodlarni yoki qismlarni ayblovdan chiqarib tashlash, jinoiy ishni va jinoiy qidiruvni bekor qilishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.