7.3. Korxona bosh mexanigi xizmati
Ishlab chiqarish korxonasida jihozlarni o`rnatish, sozlash, foydalanish va ta’mirlash ishlari uchun javobgar shaxs korxona bosh mexanigi hisoblanadi. Bosh mexanik xizmat vazifasi yuzasidan quyidagi ishlarni tashkil qilishi kerak:
jihozni texnik nazorat qilish (texnologik, sanitary-texnik, metall kesuvchi stanoklar, energetik bo`lmagan taqdirda, sovutgich, isitgich va elektr jihozlarni);
korxonaga keladigan jihozlarni hisobga olish, moddiy va ma`naviy eskirgan mashina va qurilmalarni o`z vaqtida almashtirish va to`ldirish ishlarini tashkil etish;
texnologik jihozlarni to`g`ri ishlatilishini tekshirish (tekshirish sex va uchastka boshliqlari bilan birga olib boriladi);
ROT sistemasi ishlarining oylik, yillik rejasini tuzish va uni bajarilishini ta`minlash;
nuqson varaqasini va kapital ta’mir smetasini tuzish;
asosiy va yordamchi korxonalarda jihozni o`z vaqtida ta’mirlash va o`rnatish; jihozning o`z vaqtida ishga tushishini nazorat qilish;
bino va qurilmalar texnik holatini nazorat qilish va ularni ta’mirlash hamda kengaytirish ishlarini olib borish;
avariya sabablarini tekshirish, avariya oldini olish va uning asoratlarini yo`qotish ishlarini tashkil qilish;
korxonani issiq va sovuq suv, bug`, sovuqlik, elektrenergiya, qisilgan havo bilan ta`minlash, hamda isitish, ventilyatsiya, kanalizatsiya, suv ta’mirlash tizimining benuqson ishlashini ta`minlash;
jihoz, bino va qurilmaning pasportini tuzish;
korxona o`z kuchi bilan qilinadigan qurilish va montaj ishlari, rekonstruktsiya, texnik jihozlash ishlarining reja va smetasini tuzish.
Dostları ilə paylaş: |