Loyihaviy (rejali) ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi



Yüklə 87,7 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü87,7 Kb.
#193855
1   2   3   4   5
Ma\'ruza 12

Markazlashtirilmagan tamirlashda barcha ta’mirlash va texnik xizmat ko`rsatish ishlari korxona ishlab chiqarish sexi mexanigi boshchiligida shu sex chilangar va ishchilari tomonidan bajariladi. Korxona ta’mirlash-mexanika sexi tomonidan bu uslubda faqat ehtiyot qismlar tayyorlab beriladi. Bu uslub ishlab chiqarish quvvati katta bo`lmagan va har xil rusumli jihozlari ko`p bo`lgan korxonalarda qo`llaniladi.
Tamirlashning aralash uslubida texnik xizmat ko`rsatish va kapital ta’mirdan tashqari boshqa ta’mirlash ishlari korxona ishlab chiqarish sexi ishchi-chilangarlari tomonidan, kapital ta’mirlash esa korxonaning ta’mirlash-mexanika sexi tomonidan bajariladi.
Ta’mirlash ishlarining qaysi uslubini tanlash korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga, jihozning murakkabligiga, korxonaning ta’mirlash uskunalari va qurilmalari bilan ta’minlanganligiga, ta’mirlash ishchilari shtatiga hamda ular malakasiga bog`liq holda korxona bosh muhandisi va bosh mexanigi tomonidan bajariladi.
Ta’mirlash ishlariga tayyorgarlikning asosiy shartlaridan biri – bu ta’mirlash ishlari olib borish texnologiyasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda ta’mirlashning individual, tugunli, ketma-ket tugunli va agregat usullari qo`llaniladi.
Individual ta’mir usulida jihozdan ta’mirlash paytida yechib olingan detal yoki tugunlar ta’mirlanib, shu jihozning o`ziga o`rnatiladi (ta’mirga yaroqsiz detallar yangisiga almashtiriladi). Bu usulning kamchiligi – detal va tugunlarni ta’mirlash paytida jihoz to`xtab turadi, ta’mir tannarxi katta bo`ladi va qisqa muddat ichida detallarni ta’mirlab mashinani yig`ib ishga tushirish uchun yuqori malakali mutaxassislar talab etiladi.
Tugunli ta’mir usulida nosoz detal va tugunlar ehtiyot qismlar hisobidan almashtiriladi, yechib olingan detal va tugunlar ta’mirlanadi va ehtiyot qism sifatida saqlanadi. Bu usul bir turdagi jihozlarni ta’mirlashda qo`llaniladi. Bu usul jihozni ta’mirlashda to`xtab turish vaqtini qisqartiradi.
Ketma-ket tugunli ta’mirlash usulida hamma tugunlar bir vaqtda ta’mirlanmaydi, balki detallarning xizmat muddatiga qarab ketma-ket ta’mirlanadi. Ta’mir ishlari asosan ish vaqtidan tashqari vaqtda olib boriladi.
Agregat ta’mirlash usulida ta’mirlanadigan jihoz fundamentdan olinib, o`rniga oldindan ta’mirlangan yoki yangi shu rusumdagi jihoz o`rnatiladi. Fundamentdan olingan jihoz ta’mirlash uchun ta’mirlash ustaxonasiga yuboriladi. Bu usulni amalga oshirish uchun korxonaning mashina parki katta bo`lishi kerak. Bu usul ta’mirlash ishlarini butunlay mexanizatsiyalashtirish va tannarxni kamaytirish imkonini yaratadi. Bu usulni yaxshi ta’mirlash bazasiga ega bo`lgan korxonalarda demontaj, montaj va transportlash ishlari katta bo`lmagan nisbatan kichik o`lchamli jihozlarni ta’mirlashda qo`llash maqsadga muvofiq bo`ladi.



Yüklə 87,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin