Luiza Xey Hayotingizni qanday tiklashingiz mumkin 2023 yil


"Men uzgarishni xohlayman" mashqlari



Yüklə 71,1 Kb.
səhifə14/31
tarix05.04.2023
ölçüsü71,1 Kb.
#93722
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
как исцелит

"Men uzgarishni xohlayman" mashqlari
"Men o'zgarishni xohlayman" iborasini iloji boricha tez-tez takrorlang. Bu iborani aytganda, tomog'ingizga teging. Tomoq - o'zgarish uchun zarur bo'lgan barcha energiya to'plangan markazdir. Va o'zgarishlarga tayyor bo'ling ular hayotingizga kirganida. Shuni ham bilingki, agar biror joyda o'zingizni o'zgartira olmayapman deb o'ylasangiz, aynan o'sha erda o'zgartirishingiz kerak. "Men o'zgarishni xohlayman, men o'zgarishni xohlayman". Koinot kuchlari sizning niyatingizga avtomatik ravishda yordam beradi va siz hayotingizda tobora ko'proq ijobiy o'zgarishlarni kashf qilishdan hayratda qolasiz.
"Men o'zgarishni istayman" mashq qilish
Oynaga boring va o'zingizga ayting: "Men o'zgarishni xohlayman". Buni qilayotganda o'zingizni qanday his qilayotganingizga e'tibor bering. Agar siz qarshilik ko'rsatayotganingizni yoki ikkilanayotganingizni ko'rsangiz, nima uchun deb o'zingizdan so'rang. Azbaroi Xudo, o'zingizni urishmang, shunchaki belgilab qo'ying. O'zingizdan so'rang, qaysi bayonot (tasdiqlash) yoki fikr sizni shunday his qilishga majbur qiladi? Siz uni qayerdan olganingizni bilasizmi yoki yo'qmi, uni eritishingiz kerak. Oynaga qayting, ko'zlaringizga chuqur qarang, tomog'ingizga teging va 10 marta baland ovozda ayting: "Men har qanday qarshiliklardan ozod bo'lishni xohlayman." Oyna bilan ishlash juda ko'p yordam beradi. O'zingizning ko'zingizga qarash va o'zingiz haqingizda ijobiy narsalarni aytish yaxshi natijalarga erishishning eng tezkor usulidir.
BIZDAGI UZGARISHLARGA QARSHILIK
"Men - doimo o'zgarib turadigan hayot ritmi va sukunatidaman."
Iqror – tiklanish (sog'ayish) va o'zgarish uchun birinchi qadamdir
Ba'zi e'tiqodlar bizda shunchalik chuqur ko'milganki, ularni darhol aniqlay olmaysiz. Biz shikoyat qila boshlaymiz yoki buni birinchi navbatda boshqa odamlarda seza boshlaymiz. Biz kupincha dustimizni, o'qituvchimizni yoki kitobimizni jalb qilish tufayli chuqur uyqudan uyg'onishni boshlaymiz. Shaxsan men uchun bunday jarayon dugonalarimdan birining gapi bilan boshlandi. Unga u bormagan bir uchrashuv haqida aytishdi va men bordim, chunki ichimdagi bir narsa menga borishim kerakligini aytdi. Va bu kichik uchrashuv haqiqat yo'lidagi birinchi qadam edi. Ba'zida bunday voqealar biz uchun juda ahamiyatsiz bo'lib tuyuladi. Bizni bu arzimas harakatga undagan fikr uchun hatto o'zimizdan ham g'azablanishimiz mumkin. Agar bu bizning tiklanish (sog'ayish) jarayonidagi birinchi qadamimiz ekanligini tushunsak, bunday reaktsiya ajoyibdir. Bu jarayon biz o'zimizni o'zgartirishga qaror qilgan paytdan boshlanadi.
Sabrsizlik - bu qarshilikning yana bir shakli. Biz hozirning uzida o'zgarishlar bo'lishini talab qilsak, biz o'zimiz yaratgan muammoni hal qilish uchun zarur bo'lgan muhim saboqdan mahrum bo'lamiz. Bemorga uning muammosi bilan bog'liq bo'lgan odamni kechirishga harakat qilishni taklif qilganimda, uning jag'i siqila boshlaganini, mushtlari siqila boshlaganini ko'raman. Qarshilik o'zini ko'rsata boshlaydi, va men aynan bu erda ishlashi kerakligini bilaman.
Biz hammamiz muhim hayotiy saboqlardan o'tishimiz kerak. Hayotimizdagi ba'zi narsalar biz uchun qiyin, chunki biz o'zimiz uchun ushbu saboqlarni tanladik. Agar hayotimizdagi boshqa narsalar biz uchun oson bulsa, unda bu saboq emas, balki biz allaqachon bilgan narsalar.

Yüklə 71,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin