Luiza Xey Hayotingizni qanday tiklashingiz mumkin 2023 yil


Jarayon sifatida o'zini sevish



Yüklə 71,1 Kb.
səhifə29/31
tarix05.04.2023
ölçüsü71,1 Kb.
#93722
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
как исцелит

Jarayon sifatida o'zini sevish
Ko'p marta aytib o'tganimdek, bizning asosiy vazifamiz o'zimizni sevishni o'rganishdir. Hayotingizda o'zingizni yaxshi ko'rganingiz va hamma narsa siz uchun oddiy, oson va yaxshi o'tgan vaqtni eslaysizmi? Esingizdami, siz kimnidir sevgansiz, va sizning barcha muammolaringiz yo'qolgandek tuyulganmi? Xuddi shunday ajoyib his-tuyg'ular va undan ham yaxshiroqini - O'ZINGIZGA bo'lgan muhabbat sizga olib keladi. Biroq, o'z harakatlaringizni ma'qullamasangiz va o'zingizni borligingizcha qabul qilmasangiz, o'zingizni sevish mumkin emas. Esingizda bo'lsin: hech qachon, hech qanday holatda o'zingizni tanqid qilmang! Men sizning e'tirozlaringizni eshitayapman:
Men esa, har doim o'zimni tanqid qilaman!
Ota-onam (o'qituvchilar, qarindoshlar) meni doimo tanqid qilishardi.
Meni bunga nima ishontirishi mumkin?
Lekin men qila olmayman!
O'zimni tanqid qilmasam qanday o'zgarishim mumkin?

Aqlni mashq qilish
O'z-o'zini tanqid qilish - bu avtomatik ravishda "vaysaqini" yoki lotin tilida "ego" deb ataladigan narsani yoqib quyishdir. Siz ongingizni, doimo o'zingizni kamsitish va o'zgarishlarga qarshilik ko'rsatishga shunchalik o'rgatgansizki, endi u sizga aytayotgan narsaga e'tibor bermaslik siz uchun juda qiyin. Keling, yuqorida tavsiflangan mashqni bajaramiz. Oynaga qarang va o'zingizga ayting: "Men o'zimni qanday bo'lsam, shunday sevaman va hurmat qilaman". Buni o'zingizga aytganingizda, uzingizni qanday his qilayapsiz? Ehtimol, hammani va o'zingizni kechirish mashqlaridan so'ng o'zingizni biroz yaxshi his qilayapsizmi? O'zimni uzim inkor (rad) qilgan kunlarda ba'zan o'zimga shapaloq urardim. O'sha paytda men o'z-o'zini qabul qilishning ma'nosini bilmasdim. Mening uzimga ijobiy xislatlarim yetarli bulmagan-norasoligimga ishonchim hamma narsadan kuchliroq edi. Agar kimdir meni sevishini aytsa, mening kechiktirilmaydigan reaksiyam "Nega? U menda nimani ko'rdi?" Yoki mening klassik fikrim: "Agar ular aslida mening kimligimni bilishsa, meni sevishmasdi." O'sha paytda, men hayotimizdagi barcha yaxshi narsalar, ichki "men" ni qabul qilishdan boshlanadi deb o'ylamagan edim. Bu bizning tashqi "men" imizdan butunlay farq qiladi. Tashqi "men" faqat bizning dastlabki dasturlashimiz natijasi bo'lgan harakatlarimizdir. Ichki "men" bizning muomilaimiz va harakatlarimizdan ko'ra ko'proq narsadir. Ichki “men” Xudo bilan ajralmas rishta, bu hayotning bebaho ne’matidir. Bu kitobda aynan ichki "men"ga nisbatan sevgimiz haqida gap uyritiladi. Men o'zimdan yaxshi fazilatlarni qidira boshladim va bu mening hayotimni tubdan o'zgartirdi. Salomatlik sezilarli darajada yaxshilandi. Yaxshi kayfiyat o'zini sevishdan boshlanadi. Xuddi shu narsa munosabatlar, ijodkorlikni rivojlantirish, boylik va boshqalar uchun ham amal qiladi. Biroq keyinroq, men o'zimdagi hamma narsani, hatto menga "yaxshi" bo'lmagandek tuyulgan fazilatlarni ham sevishni va ma'qullashni o'rgandim. Faqat o'shanda va aynan o'shanda mening hayotimda sezilarli takomillashish (rivojlanish, uyksalish) boshlandi.


Yüklə 71,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin