Lutfiy hayoti va ijodi


TUYUQLAR «DOG'I BOR» TAJNISLI TUYUQ



Yüklə 5,69 Mb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#166331
1   2
Tuyuq janri tahlili

TUYUQLAR «DOG'I BOR» TAJNISLI TUYUQ
  • Ko'ngluma har yonki boqsam, dog'i bor,
  • Har necha dardimni desam, dog'i bor.
  • Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
  • Bir sori bo'ldi firoqing dog'i bor.
  • Tuyuqni tushunib, undan zavq olish uchun, avvalo, misralar zamiridagi ma'nolarni obdon anglab olish lozim. Chunki qofiyalarda kelgan bir shakldagi so'zlar yoxud so'zlar turkumi anglatgan ma'nolar bir-biridan farq qilgani sababli tajnis yuzaga kelgan. Agar o'quvchi aynan bir xil shakldagi so'zlar yoxud so'zlar turkumidagi ma'nolarning nozik farqlarini ajrata ola bilmasa, asar o'z vazifasini o'tamagan, muallifhing maqsadi amalga oshmay qolgan bo'lib chiqadi.
  • «BANDAMEN» TAJNISLI TUYUQ
  • Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men. Bevafolarg'a meni qilding asir, Sen menga sultonsen, ey dil, banda - men.
  • Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so'zlar qofiya bo'lib kelgan va ular quyidagi ma'nolarni anglatadi:
  • dil, bandamen - yurak, (men) banddaman (bog'lanib qolganman);
  • dilbanda men - dilbandga men;
  • -dil, banda - men - yurak, banda (qui) - men. Misralar talqin etilsa, quyidagicha mazmun kelib chiqa­di:
  • -Men sening dastingdan, ey dil, banddaman (bog'lanib qolganman), evoh, men qachon u dilbandga yetgayman? Ey dil, meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, banda (qui) - men.
  • «YOZAMEN» TAJNISLI TUYUQ
  • Charxi kajraftor elidin yozamen,
  • Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
  • Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
  • Har necha ul shahg'a qulluq yozamen.
  • Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
  • yozamen — yozg'iraman (shikoyat qilaman);
  • yoza men - yozga men;
  • yozamen - yozaman (bitaman).
  • Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyida-gicha fikrlar ilgari surilgani ma'lum bo'ladi:
  • Charxi kajraftor (egri aylanuvchi charx, zamon) dasti-dan noroziman (birinchi misra). (Chunki) hijron (ayri-liq) qishidan yozga chiqa olmadim (ikkinchi misra). Har qancha u shohga qulluq (iltifotli maktub) yozganim bilan (to'rtinchi misra), meni bir yorliq (maktub) bilan u yod et-maydi (uchinchi misra).
  • Barmoq vazni - ikki muhim xususiyatga ega.
  • Birinchisi shuki, misralardagi bo'g'inlar soni teng ke­lishi lozim. Ahmad Yassaviyning mana bu bandi shunga yorqin misol bo'la oladi:
  • Beshak, biling, bu dunyo borcha eldin o'taro, Ishonmagil molingga, bir kun qo'ldan ketaro. Oto-ono, qarindosh, qayon ketti? Fikr qil -To'rt ayog'lig' cho'bin ot bir kun sanga yetaro.
  • Ammo bu, hamma misralarda bo'g'inlar soni baro-bar kelishi kerak, degani emas. Ba'zan toq misralar bo'g'inlari soni toq, juft misralar bo'g'inlari soni juft mis­ralar bo'g'inlari soniga teng bo'lishi qoidasiga ham amal qilinadi.
  • Ikkinchisi - misralarning muayyan turoqlarga bo'li-nishi. Turoq misralarni bo'laklarga bo'ladi. Bunda muay­yan bir sanoqdagi bo'g'indan keyin so'z, albatta, tugashi kerak.

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin