Lutfiy hayoti va ijodi



Yüklə 5,69 Mb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#166331
  1   2
Tuyuq janri tahlili

  • Tuyuq janri tahlili (Lutfiy tuyuqlari misolida)

LUTFIY HAYOTI VA IJODI

  • Lutfiy - o‘zbek adabiyotining XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrlardagi eng mashhur lirik shoir. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham - shundan. Obro‘yi va shuhrati juda yuksak darajaga yetgan edi.
  • Lutfiyni Alisher Navoiy o‘zigacha bo‘lgan o‘zbek she’riyatining eng kuchli, eng taniqli shoiri sifatida baholaydi. U Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoyi, Yaqiniy, Gadoiy kabi o‘zbek shoirlarini sanay turib, o‘zbek she’riyatida «mashhur forsiy shoirlar muqobalasida (qarshisida) kishi paydo bo‘lmagan»ini aytadi. Ammo ular orasida Lutfiyni alohida ajratib ko‘rsatadi: «...Bir Mavlono l.utfiydin o‘zgakim, bir necha matlalari borkim, tab’ ahli
  • (nozik didli adabiyotchilar) qoshida o ‘qusa, bo Mur». Bundan anglashiladiki, Lutfiy Navoiygacha bo‘lgan davming eng oldi o‘zbek shoiri edi. U fors-tojik tilida ham go‘zal
  • she’rlar bitgan zullisonayn (ikki tilli) ijodkor edi.
  • Bizgacha Lutfiy turkiy (o‘zbekcha) devonining XVI - XX asrlar mobaynida ko‘chirilgan jami 33 nusxasi yetib kelgan. Bu qo‘lyozmalar dunyoning turli shaharlaridagi e’tiborli kutubxona va qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi.
  • Olimlaming hisob-kitobiga ko‘ra, shoir merosining umumiy miqdori - 3 ming baytga yaqin. Buning 75 foizini g'azal janri namunalari tashkil etadi. Shoir, g‘azaldan tashqari, qit’a, ruboiy, tuyuq va fard janrlarida ham ijod qilgan.
  • Lutfiy lirikasi faqat o‘zbek she’riyati vakillarigagina emas, boshqa turkiy xalqlar, jumladan, turkman, ozarboyjon, usmonli turk shoirlari ijodiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
  • Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan 2006- yili Hirot yaqinida joylashgan Dehikanor (hozirgi Nangobod) qishlog‘idagi Lutfiy qabri aniqlashtirilib, u yerda o‘zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi. Shoirning, xususan, g‘azal va tuyuqlari XV asr o‘zbek lirikasining go‘zal namunalari hisoblanadi. Hozirgi paytda ham shoiming ko‘plab g‘azallari qo‘shiq qilib kuylanadi. Ular xalqimizning sevimli ashulalari safidan joy olgan.
  • Tuyuq - lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo'q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she'riyatdagina uchratamiz.
  • Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og'zaki adabiyoti ta'sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabi-yotga o'tib, muayyan qoidalarga bo'ysungan, talablari qat'iylashgan.
  • Quyidagi adabiy-badiiy talablar tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan:
  • Tuyuq, albatta, to'rt misradan iborat bo'lishi kerak.
  • TUYUQ
  • Tuyuqlar, xuddi ruboiy kabi, a-a-a-a tarzida ham, a-a-b-a tarzida ham qofiyalanish tizimiga, ya'ni taj-nisga ega bo'lishi mumkin. Navoiyning siz o'qib, o'rga-nadigan tuyuqlari a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Bu eng ko'p uchraydi. Biroq Navoiyning ayrim tuyuqlari hatto a-b-d-b tarzida ham keladi. Buni mana bu tuyuqda ko'ramiz:
  • Ul pari ishqida bu devonani,
  • Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko'r.
  • Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
  • Ey ko'ngul, nazzora qil, gulxanda ko'r.
  • Tuyuqda qofiyaga olingan so'zlar, albatta, tajnisli bo'lishi, ya'ni omonim so'zlardan yoki shakldosh so'zlar turkumidan tashkil topishi darkor.
  • Ilgari tuyuqlar janming ana shu talablaridan dastlabki uchtasiga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik jamming to'rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni taj-nissiz tasawur qilib bo'lmay qolgan.
  • Navoiyning mana bu tuyug'ida tajnisdagi so'z (yoki so'zlar) uch alohida-alohida ma'noda kelgan:
  • Kechti umr-u, tushmadi ul yor ila, Qo'rqaram ko'nglum bu g'amdin yorila. Bu vafosizliqki, sendin ko'rmisham, E'tiqodim qolmadi hech yor ila.
  • Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
  • yor ila - yor (sevgili) bilan;
  • yorila - yoriladi;
  • yor ila — do'st bilan.
  • Tuyuqning yana bir o'ziga xosligi bor. Bu shundan iboratki, uning ikki, uch yoki to'rt misrasi oxirida taj-nis san'atini hosil qiladigan so'zlar yoki so'zlar turkumi qo'llangani uchun shuning o'zi qofiya o'rniga o'tadi.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin