xar-xilligi sabab kuchlanishni teng tarqalmasligidir,
shunga qaramasdan undan
foydalanishni koʻp afzaliklari bor.
1. Toʻg‘rilangan kuchlanish izolyatsiya uchun xavfsizroq (teshish kuchlanishini
kattaligi oʻzgaruvchan kuchlanishinikiga karaganda 1,5 marta katta).
2. Elektr mashinalar choʻlgom izolyatsiyasini koʻndalang kesimi boʻyicha
toʻg‘rilangan kuchlanish bir tekisda boʻlingan, buning
natijasida pazlar aro va
oldingi qismi bir xilda sinaladi.
3. Yuqori kuchlanishli toʻg‘rilagich qurilmalarni quvvati oʻzgaruvchan kuchlanish
qurilmalarini quvvatiga
qaraganda ancha kichik, shuning uchun ular ixcham va
bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish uchun qulay.
Toʻg’rilangan kuchlanish bilan sinovlarni oʻtkazish
usulini ustun tomonlaridan
biri izolyatsion materialda tok oʻtkazuvchanlik (tok utechka)ni oʻlchash
imkoniyati borligi va bu izolyatsiyani baholashda koʻshimcha asos boʻlib xizmat
qiladi. Toʻg‘rilangan kuchlanish bilan sinovlarni oʻtkazish oʻzgaruvchan
kuchlanish bilan oʻtkazilgan sinov vaqtidan ancha choʻzilgan boʻlib u me’yor
boʻyicha 10-20 minut oraligida qilib belgilangan.
Izolyatsiyani toʻg’rilangan yuqori kuchlanish bilan sinovlar quyidagi
chizmalardan birida oʻtkaziladi:
a). kenatronni transformatorni yerlangan uchidan ulash chizmasi.
v). kenatronni transformatorni toʻla kuchlanish ostida boʻlgan choʻlg’omlari
tomonidan oʻlchash chizmasi.
TI-sinov transfomatori,
TN-kuchlanish transformatori, R-chegarovlovchi
qarshilik, KR-110-kenatron, μA-mikroampermetr 0-100 mkA, O-sinalayotgan
choʻlg’om, K-sinalayotgan qurilmaning qobii.
Dostları ilə paylaş: