M A ʼ R U Z A -1
KIRISH. IZOLYATSIYANING UMUMIY HOSSALARI.
YUQORI
KUCHLANISH
SINOV
USULLARI
VA
BAHOLASH
KRITERIYALARI.
OʻTUVCHAN TOKNI OʻLCHASH VA BAHOLASH KRITERIYALARI.
REJA:
1. Fan tarixi, rivoji va istiqboli.
2.EIMni va texnologik qurilmalarni sinovdan oʻtkazish sohasidagi
respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy
muammolar, fan texnika va texnologiya yutuqlari.
3.Sinovlarni oʻtkazish uchun kerak boʻlgan jihozlarni tanlash, yuqori
kuchlanish oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok orqali izolyatsiya sinovlariga
kerak boʻlgan apparatura. Himoya va nazorat oʻlchov jihozlari.
Izolyatsiyani umumiy xossalarini aniqlash uchun asboblar va sxemalar.
4. Olingan natijalarni baholash usullari.
5. Yukori kuchlanish sinov usullari va baholash kriteriyalari.
6. Profilaktika va ish jarayonidagi sinovlarni xajmi.
7.Izolyatsiyani uzoq masofadan nazorat qilish va nuqsonlarni aniqlash,
hozirgi zamon usullari. Oʻlchov natijalarini ifodalash va baho berish.
8.Ish jarayonida razryadniklar va oʻta yuqori kuchlanishlarni
cheklantiruvchi apparaturalarda uchraydigan nosozlik holatlarni asosiy
sabablari.
9. Sinov usullari va uning turlari.
10.Oʻlchov sxemalar, oʻtkazuvchan tokni oʻlchash va baholash
kriteriyalari.
1.Fan tarixi, rivoji va istiqboli.
Respublikamizda eletroenergetika va elektr qurilmalarni ishlab chiqarishni
rivojlanishi bugungi kunda elektroizolyatsion materiallarni keng koʻlamda
qoʻllanilishiga bog’liqdir.
Fan va texnikaning jadal rivojlanishi elektroizolyatsiyaga quyiladigan
talablarni oshishiga sabab boʻlmoqda. Bundan kelib chiqib elektroizolyatsion
materiallarni va ulardan yasalgan uskunalarni sinovdan oʻtkazishga katta e’tibor
qaratilishiga va asosiy maslalardan boʻlgan izolyatsion materialni xususiyatlari,
texnik shartlar va standartlar talablariga javob berishini aniqlashga qaratilmog’i
kerak.
«Elektroizolyatsion materiallarni va texnologik qurilmalrni sinovdan
oʻtkazish» kursining asosiy maqsadi-zamonaviy elektroizolyatsion materiallar
turlari, ularning tarkibi va texnologik, termik, mexanik, elektrik va boshqa
xususiyatlari bilan yaqindan tanishib, ulardan yasalgan asbob-uskunalarning
ishlatish soxalarini bilishdan iborat.
Sinovlar bir qator vazifalarni oʻz ichiga oladi:
1. Namuna tanlash yoki ishlab chiqish va ularni sinovga tayyorlash
(kondisiolash).
2. Izolyatsion material yoki mahsulotning asosiy xususiyatlarini tavsiflovchi
elektrik va noelektrik qiymatlarini oʻlchash.
3. Quyidagilar ta’sirida izolatsion material xususiyatlarining oʻzgarishini
tavsiflovchi qonuniyatlarni eksperimental tarzda oʻrnatish:
a) elektr ta’sirlari (elektr maydonining kuchlanishi va turi, chastotasi va
boshqalar);
b) iqlim ta’sirlari (harorat, bosim, namlik, mogʻor bosishi va boshqalar);
v) mexanik ta’sirlar (tezlanish, tebranish, choʻzilish va boshqalar);
g) fizik -kimyoviy ta’sirlar (nurlanish, agressiv muhitlar va boshqalar);
d) muayyan sharoitlarda xizmat muddati.
4. Eng ogʻir sharoitda izolatsion material yoki mahsulot parametrlarida qoldiq
oʻzgarishlarning mavjudligini aniqlash. Bu, ish rejimini oʻzgartirish
ekspluatatsiyasidagi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni (oʻta past va oʻta yuqori
haroratlar, funktsional
sikllar
, mexanik yuklar yoki turli ta’sirlarning
kombinatsiyasi) tahliil qilinadi.
5. Tashqi va ichki nuqsonlarni aniqlash, kirlanishlarni, aralashma yoki begona
qoʻshimchalarning mavjudligi, shuningdek,
strukturaviy
oʻzgarishlar. Ba’zi
hollarda, roʻyxatga olinganlardan tashqari, elektr izolyatsion materialini
qoʻshimcha tadqiqoti oʻtkaziladi; bunday tadqiqotlar nimaga moʻljallanganligiga
qarab materialning tarkibini tanlashda zarur boʻlishi mumkin va hokazo.
Elektro izolyatsion materiallardagi elektr sinovlar tanlab olingan
namunalarda oʻtkazilib, sinovlar minimal hatolik natijalarini ta’minlashi kerak.
Elektro izolyatsion materiallarda oʻtkaziladigan noelektrik sinovlarda
quyidagi masallarni yechimini topish maqsadi qoʻyiladi:
Noelektrik sinovlar mexanik (chidamlilik, qattiqlik, egiluvchanlik, elastiklik), fizik
(zichlik, yopishqoqlik) va kimyoviy (masalan, transformator moyining
achiganligi
) xususiyatlarini aniqlashga moʻljallangan; issiqlik xususiyatlari
(issiqlik oʻtkazuvchanligi, issiq va sovuqqa chidamliligi) va namlik ta’siriga
bogʻliq xususiyatlar (gigroskopiklik, eruvchanlik, namlik oʻtkazuvchanligi) va
boshqalar.
Alohida guruhni materiallarning tuzilishini, makro va mikro defektlarini aniqlash
uchun ishlatiladigan noelektrik sinov usullari tashkil qiladi. Bularga ultratovushli
usullar, rentgen va gamma-luminenisent tahlillari, infraqizil spektroskopiya,
elektron mikroskopiya, yadro magnitli rezonans, elektron paramagnit rezonans,
neytronografik sinovlar tahlili va noelektr sinovlarda ishlatiladigan boshqa usullar
kiradi.
Noelektrik sinovlar materialning texnik shartlarda yoki ctandartlarda koʻsatilgan
parametr va xarakteristikalarni mos kelishligini taminlashi kerak. Asbob va
qurilmalar davriy davlat sinovlaridan oʻtkazilishi kerak.
Elektr uskuna, jihoz va qurilmalarni ishga tushirishdan oldin, ekspluatatsiya
qilish jarayonida yoki nosozlik (avariya) tufayli oʻchgan xollarda sinov ishlarini
oʻtkazishda «Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» qoidasi, hamda amaldagi
raxbariy hujjatlar va elektr uskuna, jihoz, qurilmalarni ishlab chiqargan zavod
yoʻriqnomalariga asoslaniladi. Istisno zavod yoʻriqnomalaridagi koʻrsatma va
usullar qoida talablariga zid boʻlmasligi kerak.
«Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» qoidasida uzoq yillardan beri elektr
uskuna va jihozlarni ishga yaroqliligini aniqlashda olib boriladigan ananaviy
(traditsion) sinov usullaridan tashqari avval koʻzda tutilmagan va keyingi yillarda
keng tadbiq qilinayotgan amalda foydaliligi tasdiqlangan usullar qoʻlanilmoqda.
Masalan bu usullar :
-moyli elektr uskunalardagi transformator moyi tarkibidagi 7(etti) xil erigan
gazlar mikdorini xromatografik tahlil asosida aniqlash;
-infro qizil nur diagnostikasi asosida elektr uskunani me’yorda
belgilangandan yuqori qizigan joylarini aniqlash;
-ishchi kuchlanish ostida ventili razryadniklarni tok oʻtkazuvchanligini
oʻlchash;
Bu usullarda sinov ishlari elektr uskunalarni oʻchirmasdan turib amalga
oshiriladi va elektr uskunalarda paydo boʻlishi kutilayotgan nuqsonlarni
boshlanish davrida aniqlanib, ular kuchayib nosozliklarga olib kelishini oldini
olish imkoniyati yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |