M. A. Saypiyeva Navoiy shahar Ayrim fanlar chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan1-maktabi



Yüklə 460,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix08.07.2023
ölçüsü460,44 Kb.
#136143
  1   2   3   4   5   6
maktab-geometriya-darslarini-tashkil-etishda-dasturlash-tillaridan-foydalanish



Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021 
 
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 143 www.ares.uz 
MAKTAB GEOMETRIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA 
DASTURLASH TILLARIDAN FOYDALANISH
M. A. Saypiyeva
Navoiy shahar Ayrim fanlar chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan1-maktabi, 
Navoiy O‘zbekiston 
 
Ma’lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, 
madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, 
axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish, intellektual va iqtisodiy hayotga 
tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. 
Fan ­ texnikaning rivojlanishi natijasida hozirgi kunga kelib, har bir sohada 
ijobiy natijalarga erishilmoqda. Mamlakatimizning istiqbolli kelajagini, uning 
taraqqiyotini, rivojlanish bosqichlarini yangi texnologiyalardan foydalanmasdan 
tasavvur etish mumkin emas. 
Zamonaviy kompyutеrlarda turli zamonaviy dasturlash tillari kеng ko‘lamda 
qo‘llanilmoqda. Bu dasturlar iqtisodiyot, boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ayniqsa, 
sanoat va ishlab chiqarishning turli sohalarida muhim ahamiyatga molik masalalarni 
hal qilishda ba’zan yagona omilga aylanmoqda. Bu esa o‘z navbatida muhandislik va 
boshqarish sohasi xodimlari uchun kompyutеrlardan unumli va oqilona foydalanishni 
taqozo etadi. 
Shu jumladan, ta’lim sohasida ham zamonaviy dasturlash tillari va mana shu 
dasturlash tillari orqali yaratilgan dasturiy vositalar keng qo‘llanilmoqda. Bugungi 
kunda ta’lim sifatini yanada oshirish va vaqtdan unumli foydalangan holda sifatli, 
kerakli va ko‘p bilimga ega bo‘lish eng dolzarb masaladir. Zamonaviy dasturlash tili 
hisoblangan Delphi dasturlash tilida yaratilgan, matematikani o‘rganuvchilar uchun 
qulay bo‘lgan amaliy dastur ushbu dolzarb masalaga munosib yechim bo‘la oladi. 
Delphi dasturlash tilida yaratilgan amaliy dasturning mazmun mohiyati shundan 
iboratki, bu amaliy dasturda xoh algebraik, xoh geometrik masala bo‘lsin uning 
yechimini topish, geometrik shakllarning chizmalarini tasvirini ko‘rish mumkin. 
Quyida keltiriladigan misolda uchburchakning yuzini hisoblash uchun amaliy 
dastur tuzilgan. Ushbu dasturda uchburchakning yuzini turli formulalar (masalan, 
Geron formulasi) va parametrlari (masalan, ikki tomoni va ular orasidagi burchak 
bo‘yicha) orqali hisoblash keltirilgan.
Misol. 
Delphi dasturida uchburchak yuzini Geron formulasi, tomoni va unga 
tushirilgan balandligi bo‘yicha, ikki tomoni va ular orasidagi burchak orqali, bitta 



Yüklə 460,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin