Tijorat savdo-sotiq xizmati.
Xo'jalik kelishuvlarini o 'z ichiga oladi. Tovar
yetkazib beruvchilardan yoiboshlovchi hujijatlar qabul qiladi, m iqdor va sifat
bo'yicha qabul aktlarini tuzadi. Yuklash hujjatlarini tuzadi va olib beradi, om -
borxona hisobotini olib boradi.
Kadrlar xizmati.
Xodimlar va hamkasblardan arizalar qabul qiladi, kadrlar
bo'yicha buyrnqlar javoblar va savollar olib boradi, m ehnat shartnom alari va ke
lishuvlar, jism oniy shaxslar bilan fuqarolik huquqiy shartnom alari tuzadi, kadrlar
hisobotini olib boradi.
Iqtisodiy bo'lim xizmati.
Ularning chiquvchi hujjatlari bu alohida ko'rsatkich
va masalalarning iqtisodiy tahlili, reyesterlar narxlari, planlar hisoblanadi. Iqti-
139
sodchining kasbiga soya solmasdan faqat shuni aytamanki, u yerda hujjatlardan
ko‘ra g‘oyalar ko‘p b o ‘ladi.
Muhandislik texnologiya xizmati bo‘Iimi.
Kelishuvlarga mos holda yozish-
m alar va bajarilgan ishlarga aktlar tuzadi.
Huquqiy xizmat bo‘Iimi.
Bu holda deyarli hamiria kiruvchi va chiquvchi huj
jatlar kanselyariyada ro ‘yxatdan o'tkaziladi. Bu sudda hujjatlarni ishlatish uchun
zarurdir.
Buxgalteriya.
Savdo-sotiq xizmatidan xo'jalik shartnom alar ijrosi bo'yicha
barcha boshlang‘ich hujjatlar, hisobot tuzuvchi shaxslardan avans hisobotlar, ish
vaqti hisobot tabeli, kassa va bank hujjatlari qabul qilinadi. Barcha buxgalteriya,
soliq va statistika hisobotlar shakllarini tuzadi va ko'rsatadi. Alohida hujjatlar sanoqli
xizmatlar tom onidan tuzilishi m umkin, am m o bu ko‘pincha emas.
«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining davlat nazorati to ‘g‘risida»gi
O'zbekiston Respublikasi qonunidan kelib chiqadigan quyidagi asosiy tushunchalar
qo'llanilgan:
nazorat qiluvchi organlar —
xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat
nazoratini amalga oshirishga qonun tomonidan vakolat berilgan vazirlik va idoralar;
tekshirish —
nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan, xo'jalik
yurituvchi subyektlarning ular faoliyatini tartibga soladigan qonunlar va boshqa
qonun hujjatlarini ijro etishlari ustidan bir vaqtda o'tkaziladigan nazorat;
qisqa muddatli tekshirish
— nazorat qiluvchi organlar tom onidan bir ish kuni
davomida amalga oshiriladigan va xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo'jalik
faoliyatini tekshirish bilan bog'lanm agan tekshirish;
kompleks tekshirish —
bar vaqtning o'zida ikki va undan ortiq nazorat qiluv
chi organlar amalga oshiradigan tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish —
nazorat qiluvchi organlar qonunda nazarda tu
tilgan hollarda amalga oshiradigan tekshirishlarning yillik (choraklik) reja-grafi-
giga kiritilmagan tekshirish (shu jum ladan qisqa muddatli teshirish);
muqobil tekshirish —
o'‘zaro operatsiyalarning bir xilligi bilan bogiangan va
turli xo'jalik yurituvchi subyektlarda yoki bir xo'jalik yurituvchi subyektning turli
bo'linm alarida joylashgan hujjatlarni qiyoslashdan iborat bo'lgan tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish —
nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan,
xo'jalik yurituvchi subyektlarning avvalgi tekshirishda aniqlangan huquq buzi-
lishlarini bartaraf etishlarini tekshirish.
140
|