M a t m u r o d o V f. M


Davlat boshqaruvi organlarining boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi



Yüklə 4,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/95
tarix20.11.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#163108
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
Matmurodov F.M. Ma\'muriy menejment

Davlat boshqaruvi organlarining boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlar soni nisbatining normativlarini belgilash. 
Davlat boshqaruvi or­
ganlarining umumiy cheklangan soniga quyidagilar kiradi: tashkilot, muas­
sasa va korxonalarning boshqaruv, texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlari. 
Davlat boshqaruvi organlarining alohida tarkiblarida patent ekspertiza va 
boshqa ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko'rsatishni amalga oshiruvchi ishlab 
chiqarish b o ‘linmalarir\i ajratish mumkin.
Tashkilotlar va muassasalaming boshqaruv xodimlari tarkibidan quyidagilar 
alohida ajratiladi: m a’muriy-boshqaruv xodimlari va boshqaruv xodimlar 
mutaxassislari.
Davlat boshqaruvi organlarining boshqaruv xodimlari sonini belgilash- 
da quyidagilar hisobga olinadi:
a) boshqaruvchilik normalari. Quyidagilar uchun boshqariluvchanlik- 
ning maqbul normasi;
— tarkibiy bo'linm alam ing rahbarlari uchun, odatda bitta rahbarga 
hisoblangan 4—9 tagacha bo'ysunuvchi ishlar tashkil qiladi (mustaqil bo‘lim 
yoki boshqarma) (boshqaruvchanlikning katta normasida boshqarishning sa- 
maradorligi pasayadi);
— tashkilotlar va muassasalaming rahbarlari, odatda 3 - 5 tagacha tarkibiy 
bo‘linmalar;
b) davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy bo ‘linmasiga yuklatilgan 
vazifalar va funksiyalar soni va murakkablik darajasi;
d) boshqarish obyektlarning soni, bo'ysunuvchi hududiy tashkilotlar, 
muassasalar va korxonalar;
e) davlat boshqaruvi organining faoliyatini tavsiflovchi boshqa maxsus 
omillar (fuqarolaming murojaatlari, texnika bilan qurollanganlik darajasi, 
xodirnlaming malakasi va o ‘zaro bir-birining o ‘rnini bosishi va boshqalar).
Davlat boshqaruvi organlarining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodim­
lar sonini belgilashda quyidagilar hisobga olinadi:
— binolar, inshootlar va birlashma va muassasalaming hududlariga xiz­
m at ko‘rsatish normalari;
— ish vaqtining normal davomiyligida ishning smenaliligi;
— doimiy yoki vaqti-vaqti bilan xizmat ko‘ratishni talab qiladigan tashkiliy 
texnikaning mavjudligi;
— hujjatlarni arxivlashtirish va ularni kataloglashtirish zaruratining 
mavjudligi;
— boshqa maxsus omillar, ya’ni kuryer yordamida doimiy ravishda xiz­
mat pochtasini yetkazib berish, kutubxonachilik ishini yuritish va h.k.
92


Texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning sonini boshqaruv xodim­
lar soniga maqbul nisbatini belgilash uchun asos qilib boshqaruv xodim­
larning belgilangan cheklangan soni olinadi.
8. 
Texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar lavozimlarini kiritish bo'yicha 
belgilash normativlaridan kelib chiqqan holda xodimlarning ko'rsatilgan 
toifalaridan har bir lavozim bo'yicha texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodim­
larning hisoblangan soni belgilanadi:
Ntx — texnik xodimlarning soni va Nxx — xizmat ko'rsatuvchi xodim­
larning soni.
Boshqaruv xodimlarning belgilangan sonini texnik va xizmat ko'rsatuvchi 
xodimlar soniga qo'shish yo'li orqali xodimlarning umumiy cheklangan soni 
belgilanadi:
N bx+N tx+N xx=C H s
Boshqaruv, texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar mos ravishda xo­
dimlarning belgilangan cheklangan umumiy sonidagi solishtirma og'irligi 
quyidagicha aniqlanadi:
Nbx(%)=Nbx/CHsxlOO:Ntx(%)=Ntx/CHsxlOO:Ntx(%)=Ntx/CHsxlOO 
Texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning olgan ulushlari boshqaruv 
xodimlari tom onidan olingan ulushlarga bo'lish yo'li orqali texnik va xiz­
mat ko'rsatuvchi xodimlarning nisbati quyidagicha aniqlanadi:
Texnik xodimlarning boshqaruv xodimlarga nisbati = Ntx(%)/Nbx(%) 
X izm at 
k o 'rsa tu v c h i 
x o d im larn in g
boshq aruv 
xodim lariga 
nisbati =Nxx(% )/Nbx(% )
Texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar sonining hisoblangan maqbul 
nisbatlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari xodimlarining umumiy 
cheklangan sonida m a’muriy boshqaruv xodimlarining ulushlar nisbati jad- 
valda keltirilgan.
Davlat boshqaruvi organlarining, tashkilot va muassasalarning shtat jad- 
valini ishlab chiqishda yuqorida qayd etilgan, ishchilarning umumiy chek­
langan sonidagi xizmat ko'rsatuvchi va texnik xodimlarning sonini nisbati- 
dan chetga chiqishga yo'l qo'yiladi. Bunda chetga chiqish 10 foizdan ko'p 
bo'lmasligi kerak.
Agarda tashkilot yoki muassasa ijaraga olingan joyda jolashgan bo'lsa 
va u nda bino, inshoot va hududga xizmat ko'rsatish bo'yicha xizmat 
ko'rsatuvchi xodimlarni saqlash zarur darajagacha kamaytiriladi. Mos ra­
vishda xodimlarning umumiy cheklangan soni ham kamaytiriladi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin