Darsning borishi: I.Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) navbatchi axboroti;
d) nafas mashqi:
1. Paxtani puflang;
2. Ruchkani puflab siljitish;
3. Rangli qog’ozlarni puflab harakatga keltirish;
4. Sharni puflash.
Bugungi darsimiz mustahkamlash darsi. Bugun shartlar asosida yangi mavzumiz va o’tgan darslarimizni ham mustahkamlab olamiz.
7 soniga bog’liq tushunchalar birin ketin eslanadi.
O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi:
1-guruh “Kamalak guruhi”. 2-guruh “Yulduzcha” guruhi.
Shartlar e’lon qilinadi: 7 ta shart asosida o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi.
Baholash tizimi e’lon qilinadi: Kamalak guruhi: 7 ta shart davomida ona echkiga yordam berib, 7 ta uloqchani to’plashi zarur.
Yulduzcha guruhi: 7 ta shart davomida oppog’oyga yordam berib, 7 ta mittivoyni to’plashi zarur. Har bir shart uchun qo’shimcha yulduzcha rag’bati berib boriladi. Qaysi guruh ko’proq yulduzchalarga ega bo’lsa, o’sha guruh g’olib sanaladi.
Har bir guruhdan 3 kishidan ishtirokchilardan 1 dan 7 gacha to’g’ri va teskari sanash topshirig’i beriladi. O’quvchilar javoblariga qarab rag’batlantiriladi.
2-shart: “Ertaklar olamiga sayohat”
Doskaga ikkita katta ko’rgazma osiladi. Unga 3D formatdagi rasmlar qo’yilsa chiroyli tasvir hosil bo’ladi. Lekin bu uchun avval rasmlar ortidagi misollarni to’g’ri yechib. Javoblarga keltirib yopishtirish kerak.
3-shart: “Har sohadan bir shingil” 7 ta turli topshriqli ko’rgazma tarqatiladi. O’quvchilar uning mazmun mohiyatini anglab, har bir topshiriqni bajaradilar.
To’g’ri va xatosiz bajargan guruhga rag’batlar topshiriladi.
4-shart: “Tasvirni hosil qil” o’yini. Ekranda misollar beriladi. Har bir guruh birin-ketin misollaga javob beradilar. Misollarni yechib bo’lgach ekranda 7 uloqcha tasviri hosil bo’ladi.
Tasvir asosida suhbat o’tkaziladi. Tasvir dam olish daqiqasiga bog’lanadi.
Dam olish daqiqasi: I qism. 7-uloqcha multfilmidan parcha.
-Multfilmning tarbiyaviy tomoni haqida suhbat o’tkaziladi.