Masala 6. Kompyuter qo’shimcha qurilmalari nomli lug’at yarating va lug’at
tarkibini o’zgartiring.
Masala 7. Kompyuter qo’shimcha qurilmalari nomli lug’at yarating va alifbo
bo’yicha saralang.
Masala 8. Kompyuter qo’shimcha qurilmalari nomli lug’at yarating va lug’at
tarkibini o’zgartiring.
Masala 9. Mevalar nomli lug’at yarating kalit so’z orqali lug’at tarkibini
tozalang.
Masala 10. Mevalar nomli lug’at yarating va oxirgi kiritilgan elementni olib
tashlang.
Masala 11. Mevalar nomli lug’at yarating va mevalar2 yangi lug;atga nusxa
ko’chiring.
Masala 12. Mevalar nomli lug’at yarating va dict() funksiyasi yordamida
nusxalang.
Masala 13. Kompyuter
va
kompyuter ichki qurilmalari nomli ichma-ich lug’at
yarating.
Masala 14. Mevalar nomli lug’at yarating va kalit so’z orqali lug’at
elementlarini o’chiring.
Masala 15. Uquv qurollari nomli lug’at yarating va values() metodini
yordamida amal bajaring.
103
3.6. PYTHONDA FUNKSIYA Funksiya ma'lum bir vazifani bajarishga mo'ljallangan kodlar yig'indisi. Biz
shu paytgacha bir nechta tayyor funksiyalardan foydalanib keldik. Misol uchun print()
funksiyasi konsolga matn chiqarish uchun, range() funksiyasi esa ma'lum oraliqdagi
sonlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Aslida har qanday funksiyaning ortida ham bir necha qatordan iborat kod
bo'ladi, lekin biz funksiyaga murojat qilganda uning nomini yozamiz xolos. Funksiya
ortidagi kod esa biz uchun yashirin bo'lib qolaveradi. Funksiyalarning qulayligi ham
shunda. Dastur davomida ma'lum bir kodlarni qayta-qayta yozmaslik uchun biz ularni
jamlab, bitta funksiya ichiga joylashimiz va dastur davomida bu kodlarga funksiya
nomi orqali murojat qilishimiz mumkin.
Funksiyani e’lon qilish va chaqirish
Har bir yaratilgan funksiyaga albatta nom berish kerak va bu nom Pythonda
define (ing. define – aniqlash) so‘zidan olingan def kalit so‘zi bilan boshlanadi.
Sintaksisi:
def funksiya_nomi ([parametrlar ro‘yxati]):
buyruqlar_bloki
def – funksiyani e’lon qiluvchi kalit so‘z.
funksiya_nomi – funksiya nomi.
parametrlar ro‘yxati – ushbu ro‘yxat bir necha parametrdan iborat bo‘lishi mumkin va
ular vergul bilan ajratib yoziladi.
buyruqlar_bloki – funksiya tanasi boshqa operatorlar kabi bitta xat boshi tashlab
yozilishi shart.
Funksiya nomi orqali chaqirilganda uning tarkibidagi buyruqlar ketma-ketligi
bajariladi. Shundan so‘ng dastur funksiya chaqirilgan satrga qaytadi va shu satrdan
keyingi buyruqlarga o‘tadi.
Keling oddiy, salom_ber deb nomlangan funksiya yaratamiz. Bu funksiya
murojat qilganimizda konsolga "Assalom alaykum!" degan xabarni chiqarsin.