127
PYTHONDA FOYDALANUVCHI GRAFIK
INTERFEYSI BILAN ISHLASH
Aksariyat dasturlash tillarida foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish
uchun boshqaruv elementlari: oyna, matnlar maydoni va tugmachalar ishlatiladi. Bular
umumiy nom bilan foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI – graphical user
interface) deb ataladi.
Barcha elementlar joylashadigan oyna GUIning asosi hisoblanadi. Oyna va
uning elementlari (vijetlar)ni yaratish uchun Python standart kutubxonasining Tkinter
modulidan foydalaniladi.
Tkinter – Pythondagi standart grafik kutubxona. Pythonni o‘rnatganda
kutubxona dasturning ichida birga taqdim etiladi. Python o‘rnatilishi bilan GUIga ega
ajoyib ilovalarni yaratish uchun zarur obyekt va usullardan foydalanish imkoniyati
vujudga keladi.
GUI ilovalarni yaratish uchun:
• Tkinter modulini import qilish;
• Tkinter asosiy oynasini yaratish;
• ilovaga bir yoki bir necha vijetni qo‘shish;
• foydalanuvchi bajaradigan jarayonlarni tushunadigan va ularga javob aytaradigan
asosiy siklli kodga kirish lozim.
Dostları ilə paylaş: