145
talabalar=[talaba.rstrip() for talaba in talabalar]
print(talabalar)
FAYLGA YOZISH
Ma'lumotlarni saqlashning eng qulay usuli bu faylga yozish. Dasturimiz
bajarilishdan to'xtaganidan so'ng, xotiradagi ma'lumotlar o'chib ketishi mumkin, lekin
faylga yozilgan ma'lumotlar saqlanib turaveradi. Fayllarni kelajakda qaytdan xotiraga
yuklab, dasturimizni to'htagan joyidan davom etishimiz mumkin.
Yuqorida biz faylni ochishda open() funksiyasidan foydalandik va yagona
argument sifatida fayl nomini berdik. Bunda fayl faqatgina o'qish uchun ochiladi, unga
yozib bo'lmaydi. Faylga ma'lumot yozish uchun open() funksiyasiga murojat qilishda
fayl nomidan tashqari yana bir argument beramiz. Ikkinchi argument faylni aynan nima
maqsadda ochishimizni bildiradi. Argumentlar quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: