143
with open(‘fayl.text’) as fayl:
fayl_malum=fayl.read()
Kodni tahlil qilamiz:
Birinchi qatorda open() funksiyasi yordamida faylni ochayapmiz. Bunda
funksiyaga argument sifatida fayl nomini berayapmiz. Bu yerda biz ochayotgan
fayl va dasturimiz bir papkada bo'lishi muhim.
open() funksiyasi faylni
obyekt sifatida qaytaradi, as operatori yordamida esa
biz obyektimizga fayl deb nom berayapmiz.
Ikkinchi qatorda .read() metodi yordamida fayl obyektining
tarkibidan bizga
kerakli matnni olib, yangi, fayl_malum o'zgaruvchisiga yuklayabmiz.
with operatorining vazifasi biz fayl bilan ishlab bo'lganimizdan so'ng faylni
yopish. Yuqoridagi misolda, 2-qatordan so'ng Python zudlik bilan faylni yopadi.
Shuning uchun open() funksiyasiga with orqali murojat qilganimizda, faylimiz
with blokining oxirigacha ochiq turadi va with tugashi bilan, fayl ham yopiladi.
Demak fayl ustidagi amallarni biz with bloki ichida bajarib olishimiz kerak.
Keling endi fayl ning qiymatini konsilga chiqaramiz:
>>> print(fayl_malum)
Salom
123457893
9874563321
Matn faylda qanday saqlangan bo'lsa, huddi shu ko'rinishda konsolga chiqdi.
Fayl ma’lumotlarini quyidagicha songa o’zgartiramiz.
5658996452232323
12457893
9874563321
Saqlangan ma'lumot son bo'lsada, fayldan o'qiganimizda
qaytgan qiymat matn
ko'rinishida bo'ladi. Matnni songa o'tkazish uchun, unga biroz ishlov beramiz:
144
fayl_malum=fayl_malum.rstrip()
# qator oxiridagi bo’shliqlarni olib tashlaymiz
fayl_malum=fayl_malum.replace(‘\n’, ‘’)
# qator tashlash belgisini almashtiramiz
fayl_malum=float(fayl_malum)
# matnni float (on’lik) songa o’tkazamiz
print(fayl_malum)
Natija: 5.658996452232323e+33
Dostları ilə paylaş: