M. F. Bruns fikricha o‘yin orqali duduqlanadigan bolani xarakteri shakllanadi, uni intizomi, jamoaga munosib tafakkuri faol nutq faoliyati shakllanadi. O‘yinda emotsional tomoni bolalarda qiziqish uyg‘otadi va lo


"Kimning qushchasi uzoqqa uchadi?" o‘yini



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə2/3
tarix10.05.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#110459
1   2   3
Dudulanishni bartaraf etishga qaratilgan oýinlar

"Kimning qushchasi uzoqqa uchadi?" o‘yini
O ’yinning borishi: Ikkita stulchaning qirralariga qushchalar qo‘yiladi, stulchalar birbiridan 30 sm uzoqlikda turishi kerak.
4 bola chaqirilib, har bir stulchaning qirrasida turgan qushchalarning to‘g‘risiga turg‘azib qo‘yiladi.Qushchalar uchishdi!-deyilgach, bolalar shakllarni puflashadi. Boshqalari esa kimning qushchasi uzoqqa uchganligini ko‘rsatadilar.
Metodik ko‘rsatma: Bolalar yupqa qog‘ozdan tayyorlangan qushchalarni puflaganlarida lunjlari shishmasligi kerak. Qirqib ipga osilgan shakllarni bir nafas chiqarishda xarakatlantirish kerak. Logoped bolalarga qushchani puflaganda ketma-ket(bo‘lib-bo‘lib) puflash mumkin emasligini aytadi va o‘zi qushchani puflab ko‘rsatadi.
"Sharni shishirib ber" o‘yini
O‘yinning maqsadi: Nafas chiqarishni rivojlantirish. Lab mushaklarini rivojlantirish.
O ’yinning borishi: Bolalarga shar va rezina o‘yinchoqlar beriladi. O‘yinchoqlarni bolalar burun orqali nafas olib puflab shishirishlari kerak. O‘yin davomida logoped bolalrning to‘g‘ri nafas olib, to‘g‘ri chiqarishlarini, hamda o‘yinchoqlarni puflab shishirayotganlarida zo‘riqib, charchab qolmasliklarini nazorat qilib borish lozim. Aks xolda o‘yin bolalrga ziyon yetkazishi mumkin. Topshiriqni to‘g‘ri bajargan bola o‘yinchoq bilan mukofotlanadi
"Yoqimli xid" o‘yini
O‘yinning maqsadi: To‘g‘ri nafas olish va chiqarish malakasini rivojlantirish
O‘yinning borishi: Bolalar galma-gal guldonda turgan gulning oldiga kelib, uni xidlaydilar. Nafas chiqarib bo‘lishgach, bolalar "qaysi gulning xidi ekanligini" aytadilar. Bolalar to‘g‘ri chuqur nafas olishlari va nafas chiqarishlari logoped tomonidan kuzatib boriladi.
Qaysar shamni o‘chir” o‘yini
O‘yinning maqsadi: Bolalarni to‘g‘ri nafas olish va nafas chiqarishga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: Bolalar o‘ng qo‘lda sham shaklida rangli qog‘ozlarni ushlaydilar. Chap qo‘lni nutqiy nafasni to‘g‘riligini nazorat qilish uchun qorin ustiga qo‘yadilar. Og‘iz bilan sekin sezilarsiz nafas olinadi. Shu payt qorin shishgani seziladi, shundan so‘ng sekin nafas chiqarib “Shamlarni o‘chiramiz” “pufpuf” tovushi talaffuz qilinadi. Bolalar nafas olganlarida yelkalarini ko‘tarmasliklari, nafas chiqarganda esa lunjlar shishmasligi 22bolalarga tushuntiriladi. Logoped bolalardan qaysi biri to‘g‘ri bajarganini ta’kidlab o‘tadi va rag‘batlantiradi.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin