M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Gambuziya – Gambusia affinis Bai



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Gambuziya – Gambusia affinis Bai. 

 

Karptishlilar  turkumi,  gambuziyalar  oilasiga  kiradi.  Vatani  Shimoliy 



Amerika.  Kattaligi  urg„ochilari  4-5  sm,  erkaklari  3-5  sm,  elka  tomoni  qoramtir, 

qorin tomoni oqish, tangachalari kattaroq, jag„ida mayda tishlari bo„ladi. 

Issiq,  chuchuk 

va sho„rxob suvlarda 

keng  tarqalgan.  Suv 

harorati 10 gradusga 

qadar  pasaysa,  loy 

va 


balchiqqa 

ko„milib 

ketadi. 

Suvdagi 


mayda 

o„simliklar va hasharotlarning lichinkalari bilan ovqatlanadi. Bu baliq 30-yillarda 

bezgak  chiviniga  qarshi  kurashish  uchun  keltirilgan.  Hozir  tez  oqar  suvlardan 

tashqari katta va kichik suv havzalarida uchraydi. Suv omborlari, ko„llar, kanallar, 

ariqlar  va  sholi  cheklarida  ko„plab  uchratish  mumkin.  Hatto  quriyotgan  sho„rxob 

suvlarda  uchraydi.  Gambuziya  tirik  tug„uvchi  baliqlardan.  May,  iyun  oylaridan 

boshlab  yoz  davomida  bir  necha  marta  har  safar  bir  necha  o„nlab  va  yuzlab  bola 

tug„adi. Bir oyda voyaga yetadi. 40-45 kunlardan keyin bola bera boshlaydi. U har 

xil  mayda  hasharotlarning  lichinkalari,  tuban  qisqichbaqalar,  suv  o„rgimchaklari 

bilan  ovqatlanadi.  Bezgak  chivini  lichinkasini  qirish  bilan  foyda  keltiradi.  Shu 

bilan  birga  baliqlar  ikrasi  va  lichinkalarini  yeyishdan  baliqchilik  xo„jaliklariga 

zarar ham yetkazadi. 

Gambuziya Farg„ona shahridan o„tadigan Marg„ilonsoy va Cheksho„ra arig„i 

bilan bog„liq hamma suv shahobchalarida ko„plab uchraydi. 

 



 

10 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin