M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Ko‘k qurbaqa – Bufo viridis Laur



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Ko‘k qurbaqa – Bufo viridis Laur. 

Qurbaqalar  oilasi  va  shu  nomli  urug„ning  vakilidir.  Bu  tur  O„rta  Osiyo 

hududida keng tarqalgan. O„zbekistonning barcha joylarida va har xil sharoitlarda, 

cho„l va sahrolarda, tog„ etaklarida, poliz va bog„, shahar va qishloqlarda uchraydi. 

Kattaligi  12-14 sm  gacha, gavda usti  ko„kimtir  och kulrang,  katta-katta  to„q  ko„k 

yoki ko„kimtir qo„ng„ir hollari bor. Terisining ko„p 

qismi  shoxsimon  parda  so„gallar  bilan  qoplangan. 

Teridagi  zaharli  bezlardan  ajralgan  suyuqlik  uni 

kushandalaridan  himoya  qiladi.  Shunga  qaramay, 

ularning asosiy kushandasi ilonlar hisoblanadi. 

Erta bahor mart-aprel oylarida endigina qishki 

uyqudan 

uyg„onib 

chiqqan 

qurbaqalarning 

shahrimiz  bog„  va  gulzorlarida,  yo„l  bo„ylari, 

poydevor  ostilarida  sekin  harakatidan  chiqadigan 

shitirlash  tovushlarini  eshitamiz.  Qurbaqa  tungi 

hayvon,  lekin  erta  bahor  kechasi  sovuq  bo„lganligi 

uchun  kunduzi  ham  faol  hayot  kechiradi.  Qishki 

uyqudan  uyg„onib  chiqqan  qurbaqalarni  2-3 

haftadan  keyin  erkaklari  yoqimli  "qur-qyr"  tovushlarini  boshlaydi.  Erkaklarida 

ovoz  to„lqinlarini  kuchaytirib  beruvchi  og„iz  burchagida  rezonatorlari  bo„ladi, 

ko„payish  davrida  urg„ochilarining  oldingi  oyoq  panjasida  ko„chishiga  yordam 

beradigan so„gal bo„rtmasi bo„ladi. Ko„payish uchun har xil suv havzalariga kelib 

(sho„r suvlardan tashqari) urg„ochilari uvildiriq tashlaydi, erkaklari tezda urug„ini 

xaltalaridan  to„kib  otalantiradi.  Otalanishi  suvda  boradi.  Bitta  urg„ochisi  10-12 

ming donagacha uvildiriq tashlaydi. Uvildiriq ipga tizilgan ko„rinishda bo„lib, 2-3 

m gacha bo„ladi, uni suv o„simliklariga ilashtirib qo„yadi. Tuxumdan it baliqchalar 

chiqadi,  bir  hujayrali  suv  o„tlari  va  chirindilar  bilan  ovqatlanadi,  ikki  oylardan 

keyin  metomorfozga  uchrab  baqachalar  quruqlikka  chiqib  tarqaladi,  4  yoshida 

voyaga  etadi.  Kech  kuzda  kovak-kandiklardan,  sichqon  va  kalamush  uylaridan, 

balchiq ostilaridan qishlash uchun joy topadi. 

Ko„k qurbaqa qishloq xo„jaligi uchun zararli hasharotlarni ko„plab qirgani 

uchun  eng  foydali  hayvonlardan  biri  hisoblanadi.  Germaniyada  dehqonlar  sunoiy 

ko„paytirib,  bog„larga  qo„yadilar.  Bizning  sharoitimizda  ham  shu  ishlar  qilinsa, 

foydadan holi bo„lmas edi. 




 

11 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin