M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


SUDRALIB YURUVCHI HAYVONLAR SINFI



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

SUDRALIB YURUVCHI HAYVONLAR SINFI  

 

 



Sudralib  yuruvchi  hayvonlar  sinfi  mezozoy  erasida  Yer  sharida  keng 

tarqalgan  bo„lib,  11  turkumga  ajralgan.  Hozir  ularning  to„rtta  turkumigina 

yashaydi.  Sudralib  yuruvchilarning  6  mingga  yaqin  turi  bo„lib,  shundan  Farg„ona 

vodiysida    40  dan  ortiq  turi  uchraydi.  Farg„ona  shahri  uchun  xarakterli  bo„lgan 

vakillarga to„xtalib o„tamiz. 

 

Bo‘z fotmanchig‘i, bo‘z gekkoni – Gymnodactylius russowi Str. 

 

Kaltakesaklarning  bir  turi.  Tangachalilar  turkumining  gekkonsimonlar  oilasiga 



va  yaydoq  barmoqli  gekkonlar  urug„iga  kiradi.  Bo„yining  uzunligi  11-12  sm, 

bundan  yarmi  boshi  bilan  tanasiga  to„g„ri  keladi.  Bu  gekkon  O„rta  Osiyo 

respublkalarida  keng  tarqalgan.  Farg„ona  shahrida  yoz  oylarida  kun  botishi  bilan 

mayda qushlarning sayrashiga o„xshash tovush chiqarib, devor karnizlarida, daraxt 

va buta o„simliklarida, soylar bo„ylarida o„ljasini kutib turadi. Rangi to„q yoki och 

kulrang  bo„ladi.  Kunduz  kunlari  devor  yoriqlarida,  tosh,  kesak  oralarida,  har  xil 

kovaklarda berkinib yotadi. Qishki uyquni ham shunday yerlarda o„tkazadi. Qishki 

uyqudan  mart  oyi  oxirlarida  uyg„onadi,  may  oylarida  pergament  pustli  oqish 

kulrang  tuxum  qo„yadi  (1-2  tadan  bir 

necha  marta).  Ba‟zida  bir  nechtasi  bir 

yerga  tuxum  qo„ygani  uchun  15-20 

donasi to„planib qoladi. 

Bo„z 

kaltakesak 



ari, 

chumoli, 

qo„ng„iz,  pashsha,  chivinlar  bilan 

ovqatlanib  foyda  keltiradi.  Shimoliy 

Amerikada  pashshalarga  qarshi  kurash 

uchun uylarda maxsus ko„paytiriladi. 

 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin