M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Turkiston oq laylagi – Ciconia ciconia asiatica Sev



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Turkiston oq laylagi – Ciconia ciconia asiatica Sev.  

 

 



Turkiston  oq  laylagi  uzunoyoqsimonlar  turkumining  laylaklar  oilasi  vakili 

hisoblanadi. Yirik qushlardan, bo„yni uzun, oyog„i va tumshug„i ham uzun va qizil 

rangda, qanotining birinchi darajali patlari qora, qolganlari esa oq rangda.  

 

Oq  laylaklar  Shimoliy  Afrika,  Yevropa,  Turkiya,  Iroq,  Eron  va  Kavkazda 



keng  tarqalgan.  O„rta  Osiyoda  ancha  keng  tarqalgan  qushlardan  sanaladi. 

O„zbekistonda Sirdaryo bilan tutashgan hududlarda ko„p 

uchraydi.  O„zbekistondan  qishlash  uchun  Pokiston  va 

Hindistonga  boradi.  Qishi  issiq  kelgan  yillarda 

O„zbekistonda qishlab ham qoladi. 

 

Laylak  ancha  ozayib  borayotgan  qushlardan 



hisoblanadi. 

Shuning 


uchun 

«O„zbekiston  Qizil 

kitobi»ga kiritilgan. 

Fevral-mart  oylarida  qishlash  joylaridan  qaytib 

kelib,  xo„rozlari  o„z  uyalarini  ta‟mirlay  boshlaydi, 

so„ngra  makiyonlari  qo„shiladi.  Laylaklar  monogam 

qushlar  hisoblanadi.  Uyalarini  mahallalar  atrofidagi 

katta daraxtlarga, elektr tarmog„i ustunlariga, minora va 

tomlarga  quradi.  Bu  jamoa  qushlari,  ba‟zida  bitta  katta  daraxtda  o„nlab  uyalar 

qurishi ham mumkin. Ko„pincha, uchta tuxum qo„yadi, tuxum bosishda xo„rozi va 

makiyoni  qatnashadi.  Uyada  jo„ja  ochuvchi  qushlarga  kiradi.  Bolalariga 

navbatlashib  ovqat  tashiydi,  bittasi  doim  qo„riqlaydi.  Iyun-iyul  oylarida  bolalari 

uyalaridan  uchirma  bo„lib  chiqadi.  Avgust  oyidan 

boshlab  barcha  laylaklar  daydi  hayot  kechira 

boshlaydi.  Ular  har  xil  madaniy  landshaftlar,  daryo, 

ko„llar,  kanallar  atroflaridan  baqalar,  sudralib 

yuruvchilar, hasharot va shu kabilarni tutib yeydi.  

Odamlar laylaklarni muqaddas qushlar qatoriga 

kiritadi.  Ularning  ayrim  fazilatlari  haqida  matbuot  va 

jurnallarda 

ko„plab  yozilgan.  Farg„ona  shahri 

markazida  laylaklarning  keyingi  yillarda  uchratish 

qiyin  bo„lib  qoldi.  Bunga  shahardagi  shovqinlar  sabab  bo„lsa  kerak.  Shahar 

chekkasidagi yuqori vol‟tli elektr tarmoqlari ustunlarida uchratish mumkin. 




 

17 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin