M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Ko‘k kaptar, Yovvoyi kaptar – Columba livia L



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Ko‘k kaptar, Yovvoyi kaptar – Columba livia L. 

 

Ko„k  kaptar  –  kaptarlar  turkumi  va 



kaptarlar 

oilasining 

vakili. 

Kaptarlar 

madaniy 

zotlarining 

qadimgi 

ajdodi. 


Bundan  5000  yillar  muqaddam  Misr  va 

Hindistonda 

madaniy 

zotlari 


keltirib 

chiqarilgan.  Ko„k  kaptar  kaptarlarning 

boshqa turlaridan tumshug„i qora, qanotida 

ko„ndalang  qora  yo„llarning  bo„lishi, 

dumida  esa  qora  ko„ndalang  yo„llarning 

bo„lmasligi bilan farq qiladi, og„irligi 450-

500  gr.  O„rta  Osiyoda  keng  tarqalgan, 

Kaspiy  dengizi  qirg„oqlaridan  to  Pomir  tog„  vodiylarigacha  uchraydi.  U  o„troq 

qushlardan  hisoblanadi.  O„zbekiston  sharoitida  tog„larda,  ochiq  tekis  yerlarda, 

daryo  vodiylarida,  shahar  va  qishloqlarda,  jarlik  yerlarda  yashaydi.  Uyasini 

tog„lardagi o„pirilgan toshlar orasiga, qoyalardagi yoriqlarga, imorat cherdaklariga 

va  shunga  o„xshash  yerlarga  quradi.  Ko„payish  davrida,  ba‟zan  umri  bo„yi  juft 

hayot  kechiradi.  Uyasini  cho„plar  bilan  sodda  quradi.  2-3  dona  tuxum  qo„yadi. 

Erkagi va urg„ochisi navbatlashib tuxum bosadi, 17 kunda jish bola ochib chiqadi. 

Bolasini jig„ildonida hosil bo„ladigan kaptar "suti" bilan boqadi. Yiliga 3-4 marta 

ko„payadi.  Donxo„r,  madaniy  va  yovvoyi  o„simliklarni  yerga  to„kilgan  donlari 

bilan ovqatlanadi. Bug„doy va arpa boshoqlariga zarar yetkazmaydi. 

60-80  yillarda  boshqa  qushlar  qatori  hasharotlarga  qarshi  gerbitsidlarni 

qo„llanishi natijasida kaptarlar ham son jihatdan sezilarli darajada  ozayib ketgan 

edi.  Keyingi  yillarda  ekologik  sharoitning  yaxshilanishi  natijasida  shahar  va 

atroflardagi bug„doyzorlarda galalari yana paydo bo„la boshladi. Kaptarlar go„shti 

uchun  havaskor  ovchilar  tomonidan  ovlanadi.  Keyingi  yillarda  madaniy  zotlari 

bilan  chatishib,  duragaylari  hosil  bo„layotganini  havaskor  kaptar  boquvchilar 

aytmoqda,  bu  alohida  kuzatishni  taqozo  qiladigan  holat.  Kuz  oylarida  bir  necha 

o„nlab,  yuzlab  guruhlar  hosil  qilib,  shahar  atroflaridagi  bug„doy  o„rilgan  yerga 

chiqib o„tlaydilar. 

Kaptar  yerga  to„kilgan  bug„doy,  arpa  va  yovvoyi  o„simliklar  donlarini 

isteomol  qilganligi  uchun  ularni  qishloq  xo„jaligiga  keltiradigan  zarari  deyarli 

sezilmaydi.  Shuning  uchun  kaptarlarni  muhofaza  qilib  e‟zozlash  zarur.  Bu 

insonlarga  estetik  va  ma‟naviy  ozuqa  bersa,  ikkinchidan,  ularni  kuz  va  qish 

oylarida rejali ovlash mumkin. 

Hozirgi  kunda  kaptarlarning  madaniy  zotlari  -350  dan  ortiq  bo„lib,  ulardan 

go„shti  uchun,  estetik  zavq  uchun,  pochtachi  (hozirgi  kunda  o„z  vazifasini 

yo„qotgan  bo„lsa  ham  o„z  davrida  300  km  gacha  uchib  borib  kelgan)  sifatida 

foydalanish mumkin. 

 



 

18 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin