Turkiston qum balig‘i, tangacha baliq – Gobio gobio L.
Karpsimonlar oilasining bir turi, keng tarqalgan baliqlardan. O„rta Osiyoda
xilma xil suv havzalarida, jilg„a, soy, ariq, kanal, suv omborlari va sholipoyalarda,
suvi toza tiniq qumloq joylarda yashovchi chuchuk suv balig„idir. Marg„ilonsoy va
Chek-sho„ra arig„ida ko„plab uchraydi. Kattaligi o„rtacha 10-12 sm., og„iz
burchaklarida bittadan mo„ylovi bor. Yelkasi qo„ng„ir ko„kimtir tovlanadi. Yoni
sarg„ish, qorin tomoni oqish rangda. Yon tomonda qator hollari bor. Suzgichlarida
sarg„ish mayda qora dog„lari bo„ladi. Aprel, iyun oilarida tuxumlarini suv tubiga,
toshlarga
yoki
o„simliklarga
yopishtirib qo„yadi. Uvildirig„i 5
mingtagacha boradi. Har xil mayda
jonivor va suv o„tlari bilan
ovqatlangani uchun ovlanadigan
balig„lar yemishiga sherik bo„ladi
hamda ma‟lum zarar yetkazadi,
iqtisodiy ahamiyati yo„q.
|