M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Ochiq  o‘tsimon  biotoplarga  istirohat  bog„laridagi,  hovli  gulzorlari,  yashil 

manzarli o„simliklarga boy ochiqliklar va yo„l chetlari, maydonlar qirg„oqlaridagi 

o„tsimon qoplamalar kiradi. Bu yerlar kaltakesak, qurbaqa va ko„pgina qushlarning 

o„tlash joylari hisoblanadi. 



Suv  biotoplariga  dam  olish  ko„llari,  hovuzlar,  soy  va  kanallar,  sug„orish 

shahobchalari  kiradi.  Bu  biotop  baliqlarning  yashash  joylari  bo„lishi  bilan  birga, 

suvda  va  quruqda  yashovchilar,  ko„pgina  qushlarning  ovqat  topish  joyi  ham 



 

hisoblanadi. Ko„l, soy va kanallar ustida qaldirg„ochlarning doimo uchib yurganini 



kuzatish mumkin.  

  Farg„ona  shahri  O„zbekistonning  boshqa  yirik  shaharlari  singari  o„zining 

alohida mikroiqlimiga ega. Sug„orish kanallari ko„p, yozi nam, salqin, qishi issiq, 

havosi  avtomobil  va  sanoatdan  ajralgan  gazlarga  boy  shahar  bo„lganligi  bilan 

xarakterli.  Har  xil  yuqori  tovushlar,  sun‟iy  yoritish  sistemalari  ko„p.  O„zining 

ekologik tuzilishi jihatidan boshqa  biotoplardan keskin farq qiladi. 

Shaharda  insonlar  faoliyati  natijasida  biotik  va  abiotik  omillarning 

o„zgarishini boshqa joylarga solishtirish mumkin emas. 

Keyingi  yillarda  shahrimizda  ko„pgina    qushlarning  populyasiyasi  son 

jihatidan  sezilarli  o„zgardi.  Masalan,  qarg„alar,  oq  qanot,  qizil  ishton,  bulbullar 

kamaygan  bo„lsa,    uning  o„rniga  o„tgan  asrning  60-yilarida,    umuman  Farg„ona 

shahrida  bo„lmagan,  mayna  va  qumrilar  ko„plab  ko„paymoqda.  Baland  qavatli 

massivlarda uzun qanot, qaldirg„och va kaptarlar populyasiyasi son jihatdan ortdi. 

Shahrimizning  kengayishi,  shahardagi  tabiatning  o„zgarishi  hisobiga    qushlardagi 

fe‟l-atvorlar ham o„zgarib bormoqda. 

 



 



BALIQLAR SINFI 

Baliqlar  sinfi  umurtqali  hayvonlarning  kenja  tipiga  kirib,  qariyb  20  mingga 

yaqin turlarni o„ziga birlashtiradi. 

Baliqlar sinfi umurtqalilarning suvda yashashga moslashgan vakillari bo„lib, 

ular  Shimoliy  qutbdan  to  janubiy  qutbgacha  xilma  xil  suv  havzalarida,  dengiz  va 

okeanlarning barcha chuqurliklarida tarqalgan. 

Yashash  sharoitiga  qarab,  ular  turlicha  kattalikda  va  ko„rinishda  bo„ladi. 

Farg„ona shahri va uning atrofidagi suv havzalarida baliqlarning 5 turi mavjud. 

 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin