M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Bulbul – Luscinia megarhynchos Brehm



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Bulbul – Luscinia megarhynchos Brehm.  

Chumchuqsimonlar  turkumining 

qorayaloqlar oilasiga kiradi. 

Chumchuq  kattaligidagi  qush, 

patlarining  rangi  kulrang,  kulrang-

sarg„ish  bo„ladi.  O„rta  Osiyoda  ancha 

keng  tarqalgan.  O„zbekistonga  kelib 

ketuvchi 

qushlardan 

hisoblanadi. 

O„rmon 

va 


butazorlarda, 

tog„ 


vodiylarida,  to„qayzorlarda,  shahar  va 

qishloqlarda  uchraydi.  Bulbul  ko„zga 

yaqqol  tashlanmaydigan,  yashirin  hayot  kechiradigan  qush.  Aprelning  ikkinchi 

yarmidan kela boshlaydi. Erkaklari bog„lardan joy egallash uchun kun botishi bilan 

erta  tong  otguncha,  ba‟zida  kunduzi  ham  xilma  -  xil,  ajoyib  tovushlar  chiqarib 

sayraydi. Sayrab turgan xo„rozlari odam yaqinlashishi bilan uchib ketadi. Uyalarini 

daraxt  va  butalarga  yerdan  uncha  baland  bo„lmagan  joylarga  o„simlik  barglari  va 

boshqa  narsalardan  piyolachaga  o„xshatib  quradi.  Tuxumi  3  tadan  6  tagacha 

bo„ladi.  Urg„ochilari  tuxum  bosadi.  Tuxum  bosib  yotgan  yoki  bolalarini 

boqayotgan  davrida  odam  yaqinlashsa,  juda  bezovtalanadi.  Ba‟zi  da  bolalari  erta 

uyalaridan  tushib  ketib  nobud  bo„ladi.  Ularning  uyalariga  bolalari  uchirma 

bo„lguncha  odamning  yaqinlashmagani  ma‟qul.  Bulbul  hasharotxo„r  qushlardan 

bo„lib,  bolalarini  ham  hasharotlar  bilan  boqadi.  O„zlari  yoqimli  tovush  chiqarib 

sayrashi  bilan  insonlarga  estetik  zavq  beradi,  ma‟naviy  ruh  bag„ishlaydi. 

Hasharotlar  bilan  ovqatlanib,  iqtisodiy  foyda  keltiradi.  Bu  qushlarni  jalb  etish 

uchun shaharlarimizga butasimon o„simliklarni ko„proq ekish kerak. 

 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin