M. I. Osipov tomonidan tuzilgan. Nijniy


AXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDID VA UNING TURLARI



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.08.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#139331
1   2   3   4
 
AXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDID VA UNING TURLARI 
Umarova Iroda Bakirovna 
Guliston davlat universiteti ―Psixologiya‖ kafedrasi oʻqituvchisi 
Annotatsiya: 
Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Umuman 
olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadi ifodalangan axborotni tarqab ketishi, 
o‗g‗irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish yoritilgan. 
Kalit soʻzlar: 
Axborot, axborot resurslari, axborot tizimlari, axborotni muhofaza qilish. 
Axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalangan: – shaxs, jamiyat, 
davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;– axborotni yo‗q qilish, modifikatsiyalash, buzish, 
nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;– axborot resurslari va 
axborot tizimlariga noqonuniy ta‘sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan 
axborotga shaxsiy mulk ob‘ekti sifatida huquqiy rejimni ta‘minlash;– axborot tizimida mavjud 
bo‗lgan shaxsiy ma‘lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning 
konstitutsiyaviy 
huquqlarini 
himoyalash; 
– davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini 
ta‘minlash;– axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlash 
vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‗llashda sub‘ektlarning huquqlarini ta‘minlash. 
Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‗z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va 
kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‗tkazish axborotni tarqab 
ketishi mumkin bo‗lgan xavfli kanallarni yo‗q qilishni ta‘minlaydi. Ma‘lumki, birgina ochiq 


42 
qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin 
kamaytirib yuboradi. Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni 
ko‗rsatadiki, muhofaza qilishning to‗liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan
uning 
asosini 
quyidagilar 
tashkil 
etadi: 
– sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‗ta takomillashgan texnik 
vositalari;– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning 
mavjudligi;– ushbu muammoga oid etarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;– etarlicha amaliy 
tajriba va boshqalar. 
Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‗ra ma‘lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib 
borayotgani yo‗q, aksincha barqaror o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lib bormoqda. Himoyalangan 
axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi quydagilar[1]. 
Umumiy yo‗nalishga ko‗ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‗linadi: 
– O‗zbekistonning ma‘naviy ravnaqi sohalarida, ma‘naviy hayot va axborot faoliyatida 
fuqarolarning 
konstitutsiyaviy 
huquqlari 
va 
erkinliklariga 
tahdidlar; 
– mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini 
rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga 
chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‗ish, saqlash va samarali foydalanishni 
ta‘minlashga 
nisbatan 
tahdidlar; 
– Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya 
tizimlarining me‘yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar. 
Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilarning 
talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan ta‘minlash hamda ularning konfedensialligini 
saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan ta‘minlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan 
ta‘sirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur. Axborot tarqab ketishiga konfedensial 
ma‘lumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan 
nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin